A1203 • nH20 + 2NaOH = NaA102 + (n+1) 2 H20 Si02 + 2NaOH = NaSi03 + H20 Pulpa avtoklavdan olinadi, yuvuvchi suv bilan suyultiriladi (Na20 ning konsentratsiyasi 150 g/1 bo‘lguncha suyultiriladi). Natijada erimay qolgan qo‘shimchalar qizil shlam (qo‘shimchalar tarkibidagi temir oksidi unga qizil rang beradi) tarkibiga kirib, uning cho'kishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, hosil bo‘lgan natriy aluminatning NaA102 bir qismi natriy silikat — Na2Si03 bilan o‘zaro ta’sirlashib, erimaydigan natriy alyumosilikatga aylanadi: 2NaA102+2Na2Si03 +4 H20 = =Na20 • A1203 • 2 Si02 • 2 H20+4 NaOH Alyumosilikat cho‘kmasi qizil shlam bilan birga tindirgichlarda so‘ngra filtr eritmalaridan ajratiladi. Cho‘kma suv bilan yuviladi, filtrat (yuvuvchi suv) esa pulpani suyultirishga yuboriladi. Ba’zan boksitni ishqorda eritishdan oldin boyitiladi, masalan, boksit tarkibidagi qum , tuproq kabi aralashmalar suv bilan yuviladi. Natijada boksit tarkibidagi begona aralashmalar ancha kamayadi. Uchinchi bosqich, qayirish (vikruchivaniye) deyilib, unda to‘xtovsiz aralashtirib turgan holda, 60-90 soat mobaynida suyultirilgan natriy aluminat eritmasining asta-sekin 60° dan 40° gacha sovitish yo‘li bilan parchalantriladi. Eritmadan natriy aluminatning gidrolizi reaksiyasi natijasida aluminiyning 50% ga yaqin qismi A1 (OH)3 ko‘rinishida cho‘kmaga tushadi. NaA102 + 2H20 = A1 ( OH )3 + NaOH Qayirish oldidan eritmaga toza cho£ktirib olingan kristallaridan qo'shiladi. U qo£r vazifasini o'taydi, ya’ni Al(OH)3 yaxshi filtrlanadigan shaklida tez cho'kishini taminlaydi. Pulpa tindirgichda tindiriladi va barabanli vakuum - filtrda filtrlanadi. Tarkibida gidrolizlanmay qolgan NaA102 va NaOH saqlovchi filtrat -qo‘r eritma (matochniy rastvor) bug'lantiriladi. Boshlang'ich konsentratsiyaga (tarkibida Na20 ning miqdori 30 g/1 bo‘lguncha) kelguncha NaOH qo£shiladi va boksitni suyuqlikda maydalash va eritish uchun yuboriladi. To£rtinchi bosqich kuydirish - kalsinatsiya. Bunda olingan Al(OH)3 cho‘kmasi aylanuvchi barbanli pechlarda suyuq yoki gaz yoqilg‘ilaryoqilib 1200°C haroratda kuydiriladi-kalsinatsiyaladi. 2A1(0H)3 =A1203+3H20 Natijada tarkibida 0,06-0,15 % gacha Si02 saqlovchi juda toza aluminiy oksidi-gilinozyom olinadi. Quruq ishqoriy usul. Amalda har qanday miqdorda va har qanday birikma shaklidagi aluminiy saqlovchi ashyolami qayta ishlashga yaroqli hisoblanadi. Shu jumladan tarkibida Si02 ko£p bo£lgan boksit va nefelin rudalarini ham qayta ishlashga yaroqli. Bu usulda boksit ohaktosh va tarkibida soda saqlovchi qo‘r eritma hamda oq shlam (alyumosilikat) bilan aralashtiriladi. Ular shunday nisbatlarda aralashtiriladiki, bunda 1 mol A1203 va 1 mol Fe203 ga bir 1 Na2C03 hamda 1 mol Si02 ga 2 mol CaC03to£g£ri keladi. Shunday nisbatlarda aralashtirib tayyorlangan shixta sharli maydalagichlarda yaxshilab maydalaniladi. So‘ngra hosil bo£lgan suyuq pulpa forsunka orqali aylanuvchi barabanli kuydirish pechiga (pechning uzunligi 150 m, diametri 5 m) solinadi. Shixta navbat bilan pechni quritish, parchalash, zarrachalaming bir-biriga yopishib yaxlitlanish va nihoyat sovush zonalari orqali o£tadi. Yaxlitlanish (yopishish) jarayoni asosiy bosqich bo‘lib, 1000-1200°C haroratda boradi. Na2C03+Al203=2NaA102+C02 2Ca0+Si02=2Ca0Si02, Na20(K20)Al203-2Si02+2Ca0=2Na(K)A102+2(Ca0Si02) Bu reaksiyalarning tezligi yuqori haroratda kalsiy aluminat va alyumosilikatlar hosil bo‘lishi reaksiyasi tezligidan ancha kattadir. Kremnezyomning ozroq qismi Na2Si03 shaklida, temir oksidi esa Na20 Fe203 shaklida bog‘lanadi. Hosil bo‘lgan spyok (suyuqlanib bir-birisiga yopishgan aralashma) maydalaniladi va ishlatiladigan kuchsiz ishqor eritmasi bilan aralashtirilib tuigan holda ishlov beriladi. Natijada natriy aluminat va qisman natriy silikat eritmaga o‘tadi. Kremniyni butunlay yo'qotish uchun (kremniysizlash uchun) eritmaga ohakli suv qo'shiladi va avtoklavda 150-160°C haroratda qizdiriladi. 2Na2Si03+2NaA102+Ca(0H)2+4H20= =CaOAl203-2Si02-2H20+6Na0H Hosil bo‘lgan oq shlam (alyumosilikat) cho‘kmaga tushadi. Cho‘kma tindirish va filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi. Filtrat (eritma)ga esa spyoklash vaqtida hosil bo‘lgan tarkibida 10-14 % C02 saqlangan tutun gazi bilan ishlov beriladi. Bunda natriy gidroksidi neytrallanganligi uchun, natriy alummati gidrolizlanadi. Hosil bo‘lgan A1 (OH)3 cho‘kmaga tushadi. 2Na0H(K0H)+C0=Na2C03(K2C03) +H20 NaA102+2H20=Al(0H)3l+Na0H Bu usulda NaOH (KOH) ni to‘xtovsiz neytrallab turilishi sababh eritma holdagi aluminatni parchalash, Bayer usuliga qaraganda ancha tez va to'liqroq bo‘ladi. Yopishish usulida glinozyom- A1203 ning unumi 80 % ga etadi. Ishqoriy ho‘l usulda esa 55% bo‘ladi. Bundan tashqari ancha arzon reagentlar: Na2C03 va CaO qo‘llaniladi. Glinozyomning tan narxini chiqindilarini qayta ishlash yo‘li bilan yanada arzonlashtirish mumkin. Buning uchun aluminiy gidroksid cho‘kmasi filtrlab olingach, qolgan filtrat tarkibida (agar xomashyo sifatida nefelin minerali olingan bo‘lsa), natriy va kaliy karbonatlarini saqlaydi. Ular kristallanib filtratdan ajratib olinadi. Qolgan qismiga shlamga ohaktosh qo‘shib qayta ishlash yo‘li bilan uni portlandsementga aylantiriladi.
11. A1203 olganda chiqindisidan qo‘shimcha 1 tonnaga yaqin soda va potash, 7—8 tonna sement olinadi. Ishlab chiqarishda biror chiqindining bo‘lmasligi bu usulni juda samarali ekanligidan dalolat beradi. Bu usul xomashyoni kompleks foydalanishga yaqqol misol bo‘la oladi. Aluminiy oksidini vodorod yoki biror metall bilan qaytarib olib bo‘lmaydi. Uglerod esa 2100°C haroratdagina qaytara boshlaydi, ammo bunday haroratda u aluminiy karbid hosil qiladi. Toza aluminiy oksidi elektr tokini o'tkazmaydi. 2050°C da suyuqlanadi. Shuning uchun ham A1203 suyuqlanish haroratini pasaytiruvchi hamda elektr o'tkazuvchanlik xossasini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shmay turib amalda elektroliz qilib bo‘lmaydi. A1203 ni yaxshi eritadigan va uning suyuqlanish haroratini keskin kamaytiradigan modda sifatida kriolitdan Na3AlF6(3NaF AlF3) foydalaniladi. Kriolit tabiatda kam tarqalgan. Shuning uchun ham uni aluminiy gidroksidiga plavik kislotasi va soda qo'shib sun’iy yo‘l bilan olinadi: