Toshkent yangiyul poligraph service


Hozirgi paytda insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun asosan asliga qaytmaydigan yoqilg'i turlaridan ko‘p foydalanmoqda



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə155/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Hozirgi paytda insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun asosan asliga qaytmaydigan yoqilg'i turlaridan ko‘p foydalanmoqda.
Jahondagi hamma energetik ehtiyojlaming 95% hozircha uglerod saqlaydigan tabiiy birikmalar — neft, gaz va ko‘mimi yoqish hisobiga qondirib kelinmoqda. Tabiiy yoqilg‘ining jahondagi zapaslari 12 800 mlrd. t. shartli yoqilg‘i deb hisoblanadi (1 kg shartli yoqilg‘i, energiya miqdori 29 mj. bo'lgan 1 kg toshko‘mirga teng). Bu miqdorning taxminan 11 200 mlrd tonnasini toshko‘mir, 740 mlrd tonnasini neft va 630 mlrd tonnasini tabiiy gaz tashkil etadi.
Asliga qaytadigan eneigiya turlari va potensial zaxirasi katta bo‘lsa ham ulardan yetarlicha foydalanishmayapti. Masalan, Yer kurrasidagi gidroenergiyaning umumiy potensial zaxiralari 73 trillion kVt/soatini tashkil etgani holda hoziigi vaqtda ulaming salkam 3 % foydalaniyapti xolos.
1970- yillarda dunyoda eneigetika taqchilligi boshlandi. Shu yiliyoq neft va gazning narxi bir necha marta oshdi. Hozirgi davrda Yer sharining 70 % energiyasi neft va gaz hisobiga olinmoqda. Chunki ular foydalanishga qulay. Ammo neft va gaz nafaqat energiya manbai, balki minglab kimyoviy mahsulotlar olish uchun xomashyo hamdir.
Shuning uchun ham neft va gazni kimyo sanoati uchun homashyo sifatida qoldirish, energiya manbai sifatida nisbatan istiqbolli bo‘lgan atom va termoyadro reaksiyalari hamda ko‘mir energiyasidan foydalanish juda muhimdar.
Toshko‘mirning dunyo zaxirasi neft va gazga nisbatan 5 marta ortiq. Ammo toshko‘mir atrof-muhitni ko‘p ifloslaydi. Ekologik toza energiya manbai bu asosan vodorod va metanoldir. Ma’lumki, vodorodning yonishidan suv hosil bo‘ladi. Suv bug‘lari esa atrofni tozalaydi. Uning yonishidan juda katta issiqlik chiqadi (125 510 kJ/ kg), ko‘mirdan 4 marta ko‘p (uglerod 32 800 kJ/kg) energiya beradi. Vodorod suvdan olinadi, demak, uning xomashyosi bitmas tuganmasdir. Hozirgi paytda vodorod avtomobillaming yoqilg‘isiga qo£shilib (5-10 %) foydalanilmoqda. Bunday qilinganda avtomobillardan chiqiladigan zaharli gazlar miqdori ancha kamayadi. Benzinga metanol ham qo‘shib yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Vodorod bevosita samolyotlar va avtomobillar uchun yoqilg‘i sifatida ishlatilishi mumkin, biroq uni metallurgiya va kimyoviy texnologiyada qoMlanilishi ayniqsa, istiqbolli hisoblanadi. Temir oksidlarini metallgacha qaytarish uchun uglerod (koks) o‘miga vodorod qo‘llanilayotgan zavodlar hozirgi kunlarda ham ishlab turibdi. Uni rangli metallaming rudalaming qayta ishlash jarayonlarida qo'llanilishi juda foydalidir. Odatda, mis, nikel va boshqa metallar saqlagan sulfidli rudalami havoda yoqiladi. Bunda oltingugurt (IV) - oksidi va tegishli metallar oksidi hosil bo'ladi. Agar rudaga vodorod bilan ishlov berilsa, faqat oltingugurt va suv chiqindi hisoblanadi. Vodorod kimyoviy texnologiyada metanol va ammiak olish uchun boshqalarda qollaniladi.
Vodorodni katta miqyosda olish uchun bir necha alternativ usullar taklif qilingan, bulardan eng istiqbollari termokimyoviy va elektrokimyoviy usullar hisoblanadi. Hoziigi paytda vodorodni suvdan va ko‘mirdan nisbatan arzon olish usullari ishlab chiqilmoqda. Yapon olimlarining yangi usuli nisbatan ancha arzon vodorod olish imkonini beradi. Bu usul quyidagi reaksiyaga asoslangan.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin