Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə163/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Surkov moylari qo£llanish sohasiga qarab: industrial (vereten, mashina moylariga) ichki yonuv dvigatellari moylari (avtollar va aviatsiya moylari), transmission (dvigatelning harakatini yoki aylanishini g‘ildirak va tasmalar orqali boshqa mexanizmlarga uzatuvchi qurilmalar uchun), turbina, kompressor va maxsus maqsadlar uchun qo'llaniladigan moylarga bo‘linadi. Surkov moylarining sifati ulaming surkash qobiliyati, qovushoqligi, qotish va yonish harorati barqarorligi, zichligi kabilar bilan belgilanadi.
Neftni qayta ishlashga tayyorlash. Neft quduqlaridan qazib olingan neft tarkibida erigan gazlar, suv va mexanik aralashmalar — qum va tuproq ushlaydi. Shuning uchun neft konlarida va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Neft kondan maxsus quvurlar orqali po‘latdan

yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz ajratgich ) oqib keladi. U yerda neftning bosimi va oqimi kamayganligidan unda erigan gazlar (yo‘ldosh gazlar) ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida neft tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman ajraladi.
Mineral tuzlarni ajratish uchun neft vumshoa va issiq suv bilan yuviladi. Neft suv bilan mustahkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun ham tindirish yo‘li bilan suvni to'liq ajratib bo‘lmaydi. Suvni va tuzni neftdan to‘liq ajratish turli termokimvoviv va elektrokimyoviy usullarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Elektrotuzsizlash qurilmalarida shunday ishlov berish natijasida neft tarkibida suv 0,1 % gacha, tuz esa 70-100mg/l.gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach, stabillanadi. Ya’ni oson qaynovchi butan- pentanli fraksiya (qisman geksan fraksiyasi) haydab ajratib olinadi. Bu operatsiya natijasida neftni saqlash va tashish jarayonida yengil uglevodorodlar yo‘qolishining oldi olinadi.
Neftni qayta ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan appa­ratlar. Neftni qayta ishlash sanoatida neft u^tipda qayta ishlanadi; yoqilg‘i olish bilan boruvchi (motor va qozon yoqilg‘isi olinadi), yoqilg‘i-moy olish bilan boruvchi (xom motor yoqilg'isi ham surkov moylari olinadi), neft-kimyoviy qayta ishlash (yoqilg‘ilar, surkov moylariva kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi). Qayta ishlashning bu uchala turli ham fizik va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi.
Fizik usullar. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ulami tashkil etuvchi komponentlaming fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi, adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo‘lgan fraksiyalami ajratishda, uglevodorodlaming ayrim sinflarini (deparafmlashda) ajratishda hamda individual birikmalami ajratib olishda qo‘llaniladi. Ko‘pincha neft mahsulotlari atmosfera va past bosimda to‘g‘ri haydashda qo'llaniladi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin