Bunda martensit qisman parchalanadi va parchalanish mahsulotlari (sementit va ferrit) bilan mayin dispersli aralashma hosil qiladi. Po'latga mexanik ishlov berganda hosil bo‘luvchi ichki kuchlanishni yo‘qotish hamda yirikroq zarrachali barqaror struktura hosil qilish uchun po‘lat (buyum) bo'shatiladi. Buning uchun yana uni toblash haroratigacha qizdirilib so'ngra sekin sovitiladi. Bunda po'latdagi barcha aylanishlar jarayoni to‘liq kechadi. Po‘latga kimyoviy ishlov berilganda uning faqat yuza qismidagina o‘zgarish sodir bo'ladi, ichki qismida o‘zgarish bo‘lmaydi. Po‘lat yuzasining tarkibi va fizik xossalari o‘zgaradi. Po‘lat yuzasi yetarli darajada qattiq va yedirilishiga chidamli bo‘lishi uchun, semen- tatsiyalanadi yoki azotirlanadi. Sementatsiyalash bu po‘lat yuzasini uglerod bilan to‘yintirib uni sementitga aylantirishdir. Buning uchun tayyor buyum metan gazi atmosferasida yoki yog‘och ko‘miri, soda va potashdan iborat qattiq aralashma ichida qattiq qizdiriladi. Azotirlash bu po‘lat yuzasini azot bilan to‘yintirishdir. Bunda azot temir va uning tarkibidagi ligerlovchi elementlari bilan birikib, qattiq nitratlar hosil qiladi. Azotirlash uchun po‘lat buyum, ammiak atmosferasida 500—600°C haroratda qizdiriladi. Natijada ammiakning dissotsiyalanishidan hosil bo‘lgan azot po‘latga diffuziyalanib birikadi vapo‘lat yuzasida 0,5—2 mm, qalinlikdajuda qattiq nitratlar qava- tini hosil qiladi. Po‘lat buyumlami issiqlikka chidamli qilish uchun uning yuzasi aluminiy bilan to‘yintiriladi. Bu jarayon alitirlash deb ataladi. Buni amalga oshirish uchun po'lat buyum ferroaluminiy kukunida qizdiriladi. f. §. Aluminiy ishlab chiqarish
Rangli metallar ichida qo‘llanish ko‘llamining kengligi va ishlab chiqarish hajmi jihatidan aluminiy birinchi o‘rinni egallaydi. Alyuminiy yengil ip = 2,7 g/sm3 ), oson suyuqlanuvchi ( s.t. — 660°C), kukunsimon oq, yumshoq, yaltiroq metall, 2500°C da qaynaydi. Elektr tokini juda yaxshi o'tkazadi. U judaplastikbo‘lib, undan simlar, tunika hamda yupqa aluminiy qog‘ozlari (folgalar) yasash mumkin.