Toshkent yangiyul poligraph service


Moddalar Energiya, kVs s/t



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə63/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Moddalar Energiya, kVs s/t.

  1. Kalsiy karbidi (80% li) 2700-3200

  2. Fosfor 13000-20000

  3. Kremniy karbidi 9000—12000

  4. Elektrokorund 1900—3200

Suyuq — qattiq (S — Q) sistemasidagi jarayonlar. Qattiq va suyuq reagentlar ishtirokida boruvchi jarayonlar ko‘pgina kimyoviy ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Bunday jarayonlarga suyuqlikda erigan moddalaming qattiq yutgichlarga (absorbentlarga) absotbsiyalanishi va desorbsiyalanishi, qattiq moddalaming erishi va kristallanishi, qattiq moddalaming suyuqlanishi va suyuqlanmadan kristallanishi suyuq monometrlarning polimerlanishi, qattiq zarrachalaming suyuqlikda tarqalishi (disperslanishi) va boshqalar kiradi. S—Q sistemada boruvchi ko'pchilik kimyoviy jarayonlar diffuzion sohada boradi. Shuning uchun fazalararo yuzani kengaytirish va fazalami aralashtirishning har xil usullari qo‘llaniladi. Qaynovchi qavatli va harakatsiz qavatli (qattiq donador material qavat) apparatlardan hamda barcha tipdagi mexanik va pnevmatik aralashtirgichlardan (31,32- rasmlar) foydalaniladi.
33- rasmda kurakli aralashtirgichning sxemasi berilgan. Bu aralashtirgich ham fizik jarayonlarni (eritish va kristallash), ham erish va kristallanish kabilar bilan birgalikda boruvchi kimyoviy jarayonlarni olib borishda hamda yuqori molekular birikmalar ishlab chiqarishda polimerlash uchun qo‘llaniladi.
Ikki qattiq fazalar (Q-Q), ikki suyuq fazalar (S-S) va ko‘p fazali sistemalarda boruvchi jarayonlar. Faqat ikki qattiq faza (Q- Q) ishtirokida boruvchi jarayonlarga, qattiq materiallami kuydirganda ulaming suyuqlanib bir-biriga yopishib yaxlitlanib qolish jarayoni misolbo‘laoladi.
Yaxlitlanish bu kichik, kukunsimon yoki changsimon mate- riallardan, komponentlaming suyuqlanish haroratiga yaqin haroratda bir-biriga yopishtirish yo‘li bilan yirikroq qattiq g'ovak boMaklami olishdir. Yaxlitlanish jarayoni pech — reaktorlarda, masalan, aylanuvchi barabanli va tunnel pechlarida boradi.
Ikki suyuq (S-S) faza ishtirokida boruvchi texnologik jarayonlarga ekstraksiyalash, emulsiyalash va deemulsiyalash kiradi.
Ekstraksiyalash — bu suyuq aralashmalami ayrim kompo- nentlarini tanlab eritib olish xossasiga ega bo‘lgan erituvchilar bilan ishlov berishga asoslangan usuldir. Ekstraksiyalashni agar rektifr- katsiyalab ajratishning iloji bo'lmaganda (masalan, qaynash haroratlari bir-biriga juda yaqin bo‘lsa), yoki azeatrop aralashma - qaynatilganda ajralmaydigan aralashma hosil qilsa yoki komponentlaming termik mustahkamligi yetarli darajada bolmaganda qo‘llanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ekstraksiyalash, neft mahsulotlarini tozalashda, kokslash va yarim kokslashda smala usti suyuqligi hamda oqova suvlaridan fenolni ajratib olishda, anilinni suvdan ajratib olishda, kapron ishlab chiqarishda (kaprolaktamni erituvchilar bilan ekstraksiyalab olishda), turli organik moddalami (suyuqliklarni) kislota va ishqorlardan yuvib ajratib olishda, siyrak metallami suyultirilgan eritmalaridan ajratib olishda, yod va brom ishlab chiqarishda va boshqalarda keng qo'llaniladi.
Emulsiyalash — bir suyuqlikning ikkinchi suyuqlikda mayda zarrachalarga bo ‘linib (tarqalib, disperslanib) ketishidir.
Deemulsiyalash — emulsiyalashning teskarisi bo‘lib, unda emulsiya dastlabki moddalarga ajralib ketadi. Emulsiyalash ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlarini, dori-darmonlarni, pigmentlarni, rassomchilik bo‘yoqlarini hamda qator polimerlarni emulsion polimerizatsiya usulida olishda qoMlaniladi. Diemulsiyalashni sanoatda qo‘llanilishiga, neftni ultratovush yoki boshqa usullar yordamida suv bilan hosil qilgan emulsiyasini buzish ya’ni neftni suvsizlantirish misol bo‘la oladi.
S—S, geterogen sistemada ba’zi bir organik sintez reaksiyalari, masalan, nitrolash, sulfolash, emulsion polimerlash kabilar boradi.
Ко ‘p fazali sistemalar. Ko‘pgina kimyoviy texnologik jarayonlar bir necha fazalar ishtirokida boradi. Tipik ko‘p fazali texnologik jarayonlarda cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish (bunda uchta: qattiq, suyuq va gaz fazalar ishtirok etadi) soda ishlab chiqarishda ammiakli

  • tuzli eritmani karbonizatsiyalash (bunda gaz va suyuq fazalaming o‘zaro ta’sirlashuvidan qattiq faza — natriy gidrokarbonati hosil bo‘Iadi). Koks gazlarini sovitganda ikki suyuq faza (smola va suv) hosil bo‘lishi, suyuq uglevodorodlami piroliz qilganda gaz va qattiq qoldiqli ikki fazaning hosil bo‘lishi va shu kabilar kiradi. Ko‘p fazali jarayonlaming tezligi o‘zaro ta’sir etuvchi ikki fazaning qay birida reaksiya sust ketsa, o‘sha fazalar orasidagi reaksiyalar tezligi asosida aniqlanadi.


Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin