To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

To'siqiarga qaram ay sevdik
narsadan bir kuni mahrum bo'lishingni anglab yetasaii, 
Anglab yetasan-u, ammo bularni tushunib yetgunch;i 
o'zing ham tugab borasan. Ado bo'lasan. Hissiz mavjudotgii 
aylanasan.
Ko'p vahima qilma, 
Hali ne-nelarga ko'nikasan...
116


Mirach Chag'ri Oqtosh
Moychechak yaproqlari
Moychechakning so'nggi yaprog'ini yulganimizda 
"scvmaydi" deb chiqqaniga qaramay, bandini ham 
yiilgancha, "sevadi" deb chiqarishga urinib, o'zimizni 
ovutadigan darajada ba'zilarga ko'ngil qo'ygandik... 
Xo'sh, oxiri nima bo'ldi? Hatto yaqiniga ham yo'lay 
olmadik. Sharafiga bor narsamizni fido qilganlarimizning 
yuraklari yo'q edi. Kimni sevadi deb o'ylasak, sevmadi. 
"Ketmayman" deganlarning hammasi ketdi. "Doimo 
yoningdaman” 
deganlar bizni 
o'zgalarga 
almashdi. 
Moychechak yaproqlari ana shunday insonlar uchun fido 
qilingan edi. Ammo ularning hech qaysisi bunga arzimadi. 
Meni kechiringlar moychechak yaproqlari... Bundan keyin 
yuragimning eng so'lim go'shasi sizlarga tegishli. Shuni 
angladimki, hech qaysi ishqning taqdiri bir moychechak 
yaprog'iga bog'liq bo'lmasin ekan. Moychechak o'z 
bandidan uzilmay sevilsin, ishq esa qalblarda his etilsin...
Moychechak misol nozik qalbli insonlarning 
ko'nglini sindirmang. Eng muhimi, ularni qo'ldan boy
bermang.
117


To'siqlarga qaram ay sevdik
Hech qachon go'zal shaklda sevila olmasligimning 
dalilini men o'z onamda ko'rdim
Bu dunyodagi yagona aziz insonim va oradan 
qanday gap o'tsa ham, men sevishdan sira voz kechmay- 
digan yagona ayol - bu mening onamdir. Ha, yuqorida 
to'g'ri o'qidingiz, u menga hech qachon go'zal shaklda 
sevilmasligimni o'rgatgan. Qanaqasiga, deysizmi? Bu 
haqida hozir gapirib beraman.
Bizning 
oilamizda 
onamning 
to'ylarda 
juda 
chiroyli raqsga tushishi haqida ko'p gapirilardi. Qo'ni- 
qo'shnilarning to'ylarida hammaning ko'zi davrada 
o'ynaganlarning ichida bir onamga qadalardi. Singlimning 
to'y oqshomi ham bo'lib o'tdi. Ammo onamning uni ham 
chiqmadi. Davrada raqsga tushishni qo'yib turing, hatto 
birov bilan durust gaplashmadi. Men uni davraga tortib, 
qo'llarini raqsga tushirish uchun ko'tarsam, u bo'lsa 
qo'llarini pastga tushirib olardi. "Ona, sizga nima bo'ldi?" 
degan savolimga javob ham bermas edi. Men ham bir 
necha bor uni majburlab, davraga olib chiqdim va qo'llarini 
tutib, o'ynashga undadim. Ammo u yana qarshilik qildi. 
Men esa biroz qizishgancha, "Ona, sizga nima bo'lyapti?" 
deb so'raganimda, "O'g'lim, axir otang tuproqning tagida 
yotganida, men uning qizining to'yida qanday o'ynayman? 
Qaniydi, u ham tirik bo'lsa-yu, shu kunlarni ko'rsa edi", 
deb yig'laganida joyimda qotib qolgan edim. Mening 
onam otamning vafot etganiga naqd yigirma yil bo'lganiga 
qaramay, uni bir on ham yoddan chiqarmagan va unga 
sadoqatda yashashdan zinhor charchamagan ayol edi.

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin