Bir vaqtlar "Yaxshiyam sevibman" degan qalbimni
"Koshki uni uchratmasam edi", deyishga majbur
qilganing uchun seni aslo kechirmayman.
142
Mirach Chag'ri Oqtosh
Tangrim, bizga qalbimizga munosibini sevdir!
Shunday
insonlarni
ko'rdim,
xiyonatga
uchraganidan keyin o'zini qayta tiklay olmay, hayotini
zaharga
aylantirgan.
Shunday
insonlarni
ko'rdim,
xiyonatga uchraganidan keyin bundan xulosa chiqarib,
hayotini tubdan ijobiy tomonga o'zgartirgan.
Ehtimol, ko'ngil qo'ygan insoning tomonidan
xiyonatga uchrab, yolg'iz qolgandirsan. Davrimizning
insonlari buni boshdan kechirishi odatiy tusga aylangan.
Chunki hozirgi insonlar xiyonat qihshni,. tashlab ketishni
va aziyat yetkazishni o'zlariga odat qilib olishgan.
Ro'paralaridan kim chiqsa, hayotlariga kim kirsa, ularda
o'z "hobbi"larini sinab ko'rishdan tortinmaydi. Ushbu
achchiq haqiqatdan xabar topganingda seni aldagan bir
nomardni deb hayotingni zaharga aylantirma. Ehtimol,
sen xiyonatga munosib bo'lmagandirsan, ammo shu
haqiqatni yodingdan chiqarma: sen aldanmading. Aslida,
u seni aldadim deb o'ylab, o'zini aldadi! Endi aslo sendek
beg'araz sevadigan insonni topa olmaydi. Hali bu qilgan
ishi uchun keyinchalik pushaymon bo'ladi, ammo u payti
g'isht allaqachon qolipidan ko'chgan bo'ladi.
Bu hayotda hamma o'ziga yarashgan ishni qiladi.
Seni uni beg'araz va beg'araz sevib, o'zingga yarashadigan
ishni qilding.
U ham o'zini shu qadar sevib, ardoqlagan insonga
xiyonat qilgancha, o'zini pastga urib, o'ziga yarashadigan
ishni qildi. Agar u o'ziga shu nomardlikni ep ko'rgan bo'lsa,
sening qo'lingdan hech narsa kelmaydi. Sen chekingga
143
|