Mirach Chag'ri Oqtosh
va meni sevishini aytgan hammani qarshimga yig'ib keldi
va ularga "Sizning sevgingizga tupuraman! Ko'rib qo'ying,
sevgi degani mana shunaqa bo'ladi!” degandek bo'ldi.
Men o'sha suhbatdan ke)dn anchagacha o'zimga
kelolmadim. Ammo Nasiba xola allaqachon bu dardga
ko'ngan, qayerga borsa ham o'lgan turmush o'rtog'ini
qalbida tirik holda ko'tarib yurardi. Xolaning bu hikoyasi
menga bot-bot "Nahotki bunaqa muhabbat hali ham bor
bo'lsa?” degan savolni berardi. Chindan ham Nasiba
xolaning
Bahjot amakiga nisbatan tuygan muhabbati
meni qattiq ta'sirlantirgan edi. Va o'sha onda hech kim
tomonidan bu darajada sevilmasligimga yana bir bor
amin bo'Idim. Amin bo'lganim sari azoblandim. Chunki
hozirgi zamonning insonlari bir-birini bu darajada go'zal
sevolmaydi. Go'zal sevishni qo'yib turing, umuman
sevolmaydi. Sevmaydi. Chunki ularga bu qiyinchilik
tug'diradi. O'lganidan keyin ham sevgan insoniga sodiq
qolib, unga bo'lgan tuyg'ularini ichiga qamab, undan
aslo voz kechmagan bir ayol edi Nasiba xola. Bir hozirgi
zamonaning sevgisiga qarang, bir umr yo'ldoshi o'lganiga
qaramay, uni va unga bo'lgan muhabbatini shu ongacha
tirik saqlashni uddalagan, hatto uyidagi buyumlarni
ham u bilan birga ishlatganman deb o'zgartirmagan,
agar o'zgartirsam, unga xiyonat qilgan bo'laman, go'rida
bezovta bo'ladi deb o'ylaydigan darajada buyuk muhabbat
bilan seva bilgan Nasiba xolaga qarang. E'tibor bilan
qarang.
Chunki bu hayotda bunday go'zal qalbli insonlarga
osonlikcha duch kelmaysiz. Ehtimol bunaqalar o'n
Dostları ilə paylaş: