Tovar birjasi tushunchasi va mohiyati nimada? Tovar birjasi



Yüklə 51,19 Kb.
səhifə4/8
tarix05.12.2022
ölçüsü51,19 Kb.
#72441
1   2   3   4   5   6   7   8
2 dars amaliy mashg\'ulot 7- semestr (2)

2-topshiriq:
Savollarga javob bering

  1. O„zRTXBni global savdo tizimi sifatida tavsiflang.

Qisqa qilib aytganda, birja shaffof bozor infratuzilmasi hisoblanadi. U o‘z ichiga talab va taklif, sof raqobat, kotirovkalar kabi tushunchalarni qamrab oladi. Birja savdolarini tashkillashtirish va ishtirok etishdan har tomon manfaatdor bo‘ladi.
Bu jarayonda bir tomondan tadbirkorlar hech qanday to‘siqlarsiz, erkin ishtirok etib, zarur tovar resurslarini xarid qilishadi. Ikkinchi tomondan esa, sotuvchi korxonalar birjada o‘tkaziladigan auksionlar hisobiga qo‘shimcha daromad olishlari mumkin. Uchinchidan, birjada tuzilgan bitimlarning bajarilishi kafolatlanadi va bu tomonlarning shartnomaviy intizomini mustahkamlaydi. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining mamlakatimizda 13 ta hududiy filiali, mingdan ortiq brokerlik idoralari, 300 dan ziyod mahalliy va 19 ta xorijiy savdo maydonchalari mavjud. Birjada samarali faoliyat yuritayotgan 3000 nafardan ortiq treyderlar 800 mingdan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
So‘nggi 5 yil mobaynida birjamizning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 4,5 marotaba oshib, 2020 yilda 53,6 trillion so‘mni yoki 5,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu esa mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foiziga to‘g‘ri keladi.
O‘sish holatlari barcha savdo platformalarida kuzatildi. Xususan, 2016-2020 yillarda birja savdolarining hajmi 5 barobarga, ko‘rgazma-yarmarka savdolari – 1,6 va davlat xaridlari esa – 4 marotabaga o‘sdi. 2017 yilda ishga tushirilgan avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida sotilgan “chiroyli” avtoraqamlarning umumiy qiymati 9 marotabaga ortib, o‘tgan yili 246,6 milliard so‘mga yetdi.
Joriy yilda ham UZEX birjasida sezilarli darajada o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etishni davom ettirmoqda. Bunga 2021 yil 17 martda qabul qilingan Prezidentimizning "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori katta turtki berdi.
Unga muvofiq, ochiq birja savdolari orqali sotiladigan tovarlarning ro‘yxati kengaytirildi, barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, jumladan, tadbirkorlarning tovar resurslaridan foydalanish imkoniyati oshdi, sog‘lom raqobat kuchaydi va real bozor sharoitlarini hisobga olgan holda, tovarlarga narx belgilashning zamonaviy mexanizmi joriy etildi. Shu bilan birga, birja o‘z mijozlari uchun yangi xizmatlarni taqdim etib boryapti, biznes jarayonlariga innovatsion yechimlarni faol ravishda joriy etishni davom ettiryapti.
Buning natijasida 2021 yilning 7 oylik yakunlariga ko‘ra 797,3 ming dekalitr etil spirti, 12,6 ming tonna polivinilxlorid, 1225 tonna formalin va 224 kilogramm kumush kabi yangi mahsulotlar ochiq birja savdolari orqali sotildi.

Yüklə 51,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin