Tovar birjasi tushunchasi va mohiyati nimada? Tovar birjasi


Birjada qaysi birja savdosi qoidalari qabul qilingan?



Yüklə 51,19 Kb.
səhifə7/8
tarix05.12.2022
ölçüsü51,19 Kb.
#72441
1   2   3   4   5   6   7   8
2 dars amaliy mashg\'ulot 7- semestr (2)

Birjada qaysi birja savdosi qoidalari qabul qilingan?

Birja savdosi qoidalari
Birja savdosi qoidalarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizom;
birja a’zolarining birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi;
tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga oshirish tartibi;
birja bitimlarining turlari;
birja savdolarida muomalada bo‘ladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish tartibi;
birja savdolarini o‘tkazish tartibi;
birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini ro‘yxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) tartibi;
birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
birja savdolari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish tartibi;
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar;
birjada nizolarni hal etish tartibi.
Birja savdosi qoidalarida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Birja a’zolari
Birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar birja a’zolaridir.
Birja bitimlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan tuzuvchi birja a’zosi dilerdir. Birja tovarlari narxlarining, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun o‘z zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan diler market-meykerdir.
Mijozning topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja a’zosi brokerdir.
Diler va broker vazifalari birjaning bitta a’zosi tomonidan qo‘shib amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari birja a’zolari bo‘lishi mumkin emas, valyuta birjasi bundan mustasno.
Birja a’zolari birja savdolarida ularning nomidan birja bitimlari tuzishga vakolatli bo‘lgan o‘z xodimlari (treyderlar) orqali ishtirok etadi.

Yüklə 51,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin