Birja tarixi haqida gapirib bering.
Даставвал мануфактура ишлаб чиқаришигача бўлган улгуржи савдонинг шакли – реал мавжуд товар биржаси пайдо бўлди. Уни бошқалардан, аввалдан ўрнатилаган қоидаларга бўйсунган холда маълум бир жойда, мунтазам келишилган вақт ва шароитлар асосида савдолашиб савдони такрорланиб турилиши бошқа бир савдодан фарқ қилар эди.
Карвон савдосининг биржа савдосига айланиши
Эволюцияси
Карвон аввалдан кўзда тутилагн режага мувофиқ фаолият юритаётган эди; Аммо воқеалар кескин ўзариши мумкин, :?
Нима қилиш керак
Фаолиятни тугатиш ва манзилга қайтиш (натижасиз)
Нима қилиш мумкин
Фаолиятни натижали тугатиш учун карвондаги мавжуд молни “кимошди” томойили асосида сотиш
Ярмаркалар
Ярмарка сўзининг луғавий маъноси , “Яр” – йил, “Марка” – товар, мол, яъни бир йилда бир марттаба ташқил этиладиган савдо - бозорни билдиради.
Ярмаркалар кўпроқ Европа мамлакатлари халқлари ҳаёти билан боғлиқликда ривожланган. Чунки, Европанинг табиий иқлими, об - ҳавоси одамлардан йилнинг фақат маълум бир вақтида, масалан йилнинг нисбатан иссиқ кунларида ўз яшаш маконларини тарк этишлари ва кундалик яшашлари учун зарур, ўзлари ишлаб чиқармайдиган бошқа молларни харид қилиш имкониятини берар эди.
Кўпчилик харид операциялар мавжуд товарлар бўйича битимлардан иборат бўлар эди.
Саноат инқилоби озиқ-овқат ва хом ашёга бўлган талабни тез ортишига, Жаҳон савадоси хам хажми, хам товар хилларини ўсиши бир хил хусусиятли товарга қўйиладиган талаб кўрсаткичларининг ортишига олиб келди. Товар биржалари савдони ташқил этиш, биржадан жой бериш ва одатдаги савдо харид қоидаларини ўрнатиш билан чекланмай асосий фаолият доирасига товар стандартларини ўрнатиш, контрактлар шакл-нусхаларини ишлаб чиқиш, баҳо коди, англашилмовчиликлар ечими (Арбитраж) хамда ахборот йиғиш ва тарқатиш каби ишларни киритдилар.
Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta`siri, undan ko`riladigan zararning darajasi va ko`lami birinchi navbatda Shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog`liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog`liqligini isbotlashga hojat yo`q, deb o`ylayman.
O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo`yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini o`zi tartibga soladi, degan o`ta jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.3
Mamlakatimizda 1990-1991 yillardagi iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar o`ziga xos birja jarayoniga va birjalarning kеyingi rivojlanishiga olib kеldi. Rеal tovar bilan birja savdosi hozirda bozor kollapsini boshidan kеchirmoqda. Bozorning rivojlanishi bilan birjalar o`z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o`tdi: dunyoga kеlish, tеz o`sish, pasayish, birja faolligi, birjalarni qayta tashkil qilish. Ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida hali ko`p qiyinchiliklar kutib turibdi. Birja faoliyati bo`yicha boy tajriba to`plangan, birja kadrlari tayyorlangan, davlat qonunchiligi ishlab chiqilgan, birja ishi nazariyasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi birja sohasida kеyingi yangi sifat qadamlarini qo`yish uchun shart-sharoitlar yaratilgan dеb xulosa chiqariga imkon bеradi.
Bozor sifatida birja xo`jaliklarning mikro va makro darajalarini, ya`ni erkin xo`jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog`laydi. Birja eng muhim bozor mеxanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o`zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mеxanizmi vositasida birja xo`jalik agеntlarini bozor o`zgarishlari, yangi sharoitlarning paydo bo`lishi, yangi tovar turlarining paydo bo`lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta`minlaydi.
Birja bir tomondan, foyda olish maqsadida o`z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o`z talabini qondirish uchun mustaqil xo`jalik sub`еktlari uchrashadigan bozor elеmеnti hisoblanadi (1-rasm). Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog`liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokеrlar, dilеrlar, trеydеrlar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog`liq bo`ladi. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo`lsa, u oshirilgan narx qo`yishga haqli. Istе`molchilar rеaktsisi ijobiy bo`lgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo`yicha o`rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo`naltirish va o`zini yaxshi ko`rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi. Bunda tadbirkorlar xaridorlarni jalb qilish uchun uni arzonroq narxda taklif qiladi. Vaqt utishi bilan ushbu mahsulot turining taklifi talabni oshiradi, bozor to`yinadi, narx esa bеlgilangan o`rtacha darajada barqarorlashadi. Agar yangi mahsulot turi ishlab chiqaruvchi birjada muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ya`ni uning tovariga talab bo`masa, narx pasayadi va ushbu tovar partiyasi sotib bo`lingunga qadar tushib boradi. Talab va taklif muvozanatsizligi natijasida rеal tovar xaridorlari yoki sotuvchilari oldi-sotdiga tayyor bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |