Birja a’zolarining huquq va majburiyatlari Birja a’zolari:
birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish;
birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish;
har bir birja savdosining yakunlari to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega.
Birja a’zolari qonunchilikka va birja savdosi qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Birja a’zolari:. birjada o‘z faoliyatini qonunchilikka va birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshirishi;
mijozga uning manfaatlarini ko‘zlab tuziladigan birja bitimlari, shuningdek uning topshiriqlari bajarilishi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdim etishi;
birjaga o‘zlarining birja savdolarida ishtirok etganligi hamda birja bitimlarini tuzganligi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdim etishi;
mijoz bilan shartnoma tuzayotganda uni birja savdosi qoidalari hamda kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari bilan tanishtirishi;
o‘z hisobidan va mijozning hisobidan tuzilgan birja bitimlarining alohida hisobini yuritishi;
o‘z mijozlari pul mablag‘larining alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Birja a’zolarining zimmasida qonunchilikka va birja savdosi qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O„zRTXBda birja savdosi Qoidalarida qaysi atamalar qo„llanadi?
Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi[1]:
'Birja(gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. Birjada brokerlar, dilerlar, treyderlar faoliyat koʻrsatadi. Birja va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.
Tovar Birjasi ommaviy tovarlar (don, paxta, metall va boshqalar)ni standartlar yoki namunalar boʻyicha sotadi. Ayrim Birjalar faqat bir guruh tovarlar savdosi boʻyicha ixtisoslashadi. Kelishuvlar maʼlum muddatlarga tuziladi (aksariyat 6 oy), natijada tomonlar narxlar farqlaridan koʻp narsa yutishi yoki yutkazishi mumkin. Birja narxlari haqidagi maʼlumotlar kotirovka shaklida muntazam birja byulletenlarida eʼlon qilib boriladi.
Oʻzbekistonda 1994-yildan Respublika tovarxom ashyo Birjasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati) va 1991-yil avgustdan "Oʻzbekistan" respublika universal agrosanoat B.si, shuningdek respublikada ishlab chiqarish vositalari, tovar resurslari oldisotdisi bilan shugʻullanadigan "Oʻzulgurjibirjasavdo" — Oʻzbekistonda ulgurji va birja savdosi boʻyicha Respublika davlataksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Respublika koʻchmas mulk Birjasida (1994 i. mart) koʻchmas mulk (turar joy binolari, yer maydonlari, avtotransport vositalari, bankrot boʻlgan korxonalar va boshqa mulklar) kimoshdi va tanlov savdolari orqali sotiladi.
Fond Birjasi aksiyalar va obligatsiyalar bilan oldisotdi muomalasini olib boradi. Bundam Birjalarda mamlakatda chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar bilan birga chet el qimmatbaho qogozlari ham savdoda qatnashaveradi. Fond Birjasidagi bitishuvlarda qimmatbaho qogozlar haqi savdolashuvning oʻzida yoki 2—3 kun keyin toʻlanadi (kassa bitishuvi) yoki hisobkitoblar bir oy muddatda oʻtkaziladi (muddatli bitishuv). Birjada ish koʻrayotganlar qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish vaqtidagi kurslar farqidan (muddatda sotish) katga fonda koʻradilar. Yirik fond Birjalari NyuYork, Tokio, London, Parij, Bazel, Moskva va boshqa shaharlarda joylashgan. Oʻzbekistonda "Toshkent" respublika fond Birja erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar, veksellar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar savdosi bilan shugʻullanadi (1994-yil aprelda ta sh kil etilgan).
Valyuta Birjasi valyutalar bozorini oʻtkazadi va valyutalar kotirovkasini amalga oshiradi. Hozirgi sharoitlarda keng koʻlamli valyuta savdosi yirik banklar oʻrtasida olib boriladi, ammo ayrim mamlakatlarda banklararo valyuta bozori bilan birga maxsus valyuta Birjalari ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi 1992-yil 22-iyunda tuzilgan. Chet el valyutasi savdosini tashkil etish bilan shugʻullanadi. 1994-yil 15 apreldan muntazam savdo oʻtkazadi.
Dastlabki Birjalar 15—16-asrlarda Italiya, Gollandiya, Angliyada paydo boʻlib, 19-asrning 2-yarmida juda rivojlandi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20- yillarida Birjalar mavjud boʻlib, ulardan koʻp ukladli iqtisodiyot sharoitida bozorni davlat tomonidan boshqarish maqsadida foydalanilgan edi. 1991-yildan mamlakatning bozor iktisodiyotiga utishi davrida Oʻzbekistonda respublika universal tovarfond Birjasi (1991-yil avgustda tuzilgan), viloyatlarda respublika Birjalarining boʻlim va vakolatxonalari hamda mustaqil tovar va tovarxom ashyo Birjalari faoliyat boshladi. 1996-yildan Toshkent shahrida hamma turdagi Birja savdolarini utkazishga ixtisoslashgan va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan Respublika Birja markazi ishga tushirildi.
Birja savdosi har bir mamlakatda muayyan qonunlar majmui asosida tartibga solinadi. Qonunlar narxlar bilan qalloblik qilishni hampa bankropmiknint oldini olish maqsadlarini koʻzlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda keyingi 20 yil ichida Birja savdosini qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish kuchaydi. Ilgari koʻpgina mamlakatlarda Birja muomalasi, asosan, Birjaning oʻzida ishlab chiqilgan meʼyor hamda qonunlar asosida tartibga solinar edi. AQShda 1973-yildan fyuchers Birjalari ishini barcha tovar fyuchers savdosi boʻyicha komissiya boshqaradi. Uning xodimlari tarkibini Prezident tayinlaydi va Kongress tasdiklaydi. Angliyada 1986-yilgacha tovar Birjasi faoliyatini Angliya banki kuzatib turgan, 1986-yildan bu vazifani qimmatbaho qogʻozlar va investitsiya boʻyicha Kengash bajaradi. Fransiyada bunday boshqarish fyuchers tovar bozori boʻyicha komissiyaga, Yaponiyada turli vazirliklar (moliya, qishloq xoʻjaligi, tashqi savdo hamda sanoat)ga yuklatilgan. Oʻzbekistonda 1992-yil 2-iyulda "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida" Qonun qabul qilindi. 1992-yil martdan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Birjalar ishini muvofiqlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi birjalari kengashi tuzildi, 1995-yil sentabrda respublika Moliya vazirligi qoshida Qimmatbaho qogʻozlar va fond Birjalari boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi. Komissiya qimmatbaho qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va korxonalar hamda davlat boshqaruvi organlarining B.dagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi.
Sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yigʻilishini; Bunday yigʻilishlarini oʻtkazish joylarini byelgilashni; Shu vaqtda amalga oshiriladigan oldi-sotdi amallarining yigʻindisini. Bu fikrlarning barchasi jamlansa maʼlum maʼnoda bozor yoki birja dyegan maʼno kyelib chiqadi. Birjaning oʻziga xosligi shundaki unda savdo ulgurji tarzda amalga oshiriladi. Birjaning dastlabki shakllaridan biri bu — qadimdan savdo-sotiqda oʻzaro tovar va maxsulotlar almashinuvini taʼminlashda dallollar (brokyerlar) vositachilik qilganlar, chyet eldan va mamlakatlar viloyatlaridan kyelgan savdogarlar bilan doimiy aloqada boʻlib turganlar, oʻz mushtariylarga yetishmagan tovarlar haqida tyez-tyez karvonlarning boshqa turkumlari orqali oʻz ehtiyojlarini maʼlum qilganlar. Dallollik xizmati oʻsha davrlarda muxim hisoblangan. Birja eng qadimgi savdo instituti boʻlib, hozirgi birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruxlarining koʻplab yuzaga kyelishini taʼminlaydi. Dyemak, hozirgi birjalarning avlodi boʻlib bozor va yarmarkalar sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.