Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti. Transformator ikkilamchi cho‟lg‟amidagi
quvvatning birlamchi cho‟lg‟amdagi quvvatga nisbatiga transformatorning ish rejimidagi quvvati
deyiladi.
Odatda transformatorning foydali ish koeffitsiyenti 100% ga juda yaqin bo‟lib, u =98-
99,5% oraliqda bo‟ladi.
Transformator kuchlanishni necha marta oshirib bersa, tok kuchini shuncha marta
kamaytiradi. Cho‟lg‟amlarning qizishini hisobga olmaganda ikkala cho‟lg‟amdagi quvvat
deyarki bir xil bo‟ladi.
Transformatorning ikkilamchi cho‟lg‟ami iste‟molchiga ulanmagan holda ishlashiga
transformatorning salt ishlashi deyiladi. Transformatorning salt ishlash rejimida energiya isrofi
faqat birlamchi cho‟lg‟amda sodir bo‟ladi, ya‟ni bu rejimda faqat birlamchi cho‟lg‟amda qizish
kuzatiladi.
Transformator yordamida elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish:
Transformatorlardan o‟zgaruvchan tokni o‟zgartirish uchun foydalanishdan tashqari
o‟zgaruvchan toklarni uzoq masofalarga uzatib berishda ham foydalaniladi. Elektr energiyasini
ular ishlab chiqiladigan GES, IES va AESlaridan uzoq masofalarga – yuzlab, minglab
kilometrlarda joylashgan aholi punktlariga, zavod, fabrika va boshqa iste‟molchilarga isrofsiz
yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Elektr energiyasini uzoq masofalarga imkon qadar
yo‟qotishlarsiz, isrof qilmasdan uzatish kerak bo‟ladi, ya‟ni tok uzatuvchi liniya simlaridagi isrof
bo‟ladigan elektr energiyasi mumkin qadar kamaytirilishi talab etiladi. Buning uchun Joul-Lens
qonuni
ga ko‟ra liniyadagi tok kuchi iloji boricha kamaytiriladi.
Agar ikkilamchi cho‟lg‟amdagi kuchlanish n marta oshirilsa (yoki undagi tok kuchi n
marta kamaytirilsa), elektr energiyasini uzatuvchi liniya simlaridagi energiya isrofi n
2
marta
kamayadi.
Agar elektr energiyasini uzatuvchi liniya simlaridagi energiya isrofi n marta kamaygan
bo‟lsa, ikkilamchi cho‟lg‟amdagi kuchlanish √ marta oshirilgan (yoki undagi tok kuchi √
marta kamaytirilgan) bo‟ladi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
787
REFERENCES
1. Ismatullayev P., Qodirova Sh., G‟oziyev G‟. “Elektr o‟lchashlar va o‟lchash asboblari”.
Toshkent. “Sharq”. 2007.
2. Turabova L.X. “Fizik asboblar, ularning turlari va ishlash prinsipi” mavzusining elektron
o„quv uslubiy majmuasini yaratish metodikasi mavzusidagi dissertatsiya ishi. Navoiy. 2022.
3. Камалова Д.И., Камолов И.Р., Турабова Л.Х. «Физик асбоблар, уларнинг турлари ва
ишлаш принципи» электрон ўқув қўлланмаси. Ўзбекистон Республикаси Адлия
вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги. №DGU 10305. 03.03.2021.
Dostları ilə paylaş: |