TRANSLATION FORUM – 2022 ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022 TARJIMASHUNOSLAR FORUMI – 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 113
w www.oriens.uz December 2022 “Guliston” didaktik asarlarga qayta-qayta murojaat qilish hayotiy
zaruratga aylanmoqda. Biroq, ushbu ikki asarning o‘zbekcha tarjimasi XX
asrning 70-yillarida ilk bor nashr etilib, bugun ularni topish amrimahol
bo‘lib qolgani ham sir emas. Hatto mazkur nodir asarlarning o‘zbekcha
tarjimasini topishda nafaqat oddiy o‘quvchi, balki mutaxassislar ham katta
qiyinchilik sezmoqda.
Endi bu muammolarga hojat qolmadi. Gap shundaki, Sa’diy Sheroziy
ijodining gultojlaridan sanalmish “Guliston” asarining o‘zbekcha tarjimasi
hamda "Sa’diy fenomeni" kitobi Moskvada nashr etildi. “Guliston”
she’rlarni forschadan G‘afur G‘ulom bilan Shoislom Shomuhamedov, nasr
qismini Rustam Komilov tarjima qilgan. Sheroziy she’riyatidan –
“Bo‘ston”ni forsiydan Xalqaro Firdavsiy mukofotining laureati Shoislom
Shomuhamedov o‘zbek tiliga o‘girgan. Ushbu xayrli ishni Alisher
Shomuhamedov, Zohidullo Munavvarov hamda Sardor Mirzajonov
amalga oshirdilar.
Ushbu nodir asarlar o‘zbekcha tarjimasining yangi nashrlari kitob
javoningizdagi sara asarlar qatoridan o‘rin olishiga shubha yo‘q.
Fors tojik adabiyotida Sa’diyning maqomi juda yuksak. Xususan, boy
hayotiy tajriba asosida yaratgan «Bo‘ston» (1257) va «Guliston» (1258)
asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi.
«Guliston» asari sakkiz bobdan iborat bo‘lib, uning tarkibiy tuzilishi
quyidagicha: debocha; birinchi bob — podshohlar siyrati zikrida: ikkinchi
bob — darveshlar axloqi zikrida; uchinchi bob — qanoat fazilati zikrida;
to‘rtinchi bob sukut saqlashning foydalari zikrida; beshinchi bob — ishq
va yoshlik zikrida; oltinchi bob — qarilik va zaiflik zikrida; yettinchi bob
— tarbiyat ta’siri zikrida; sakkizinchi bob — suhbat odobi zikrida [3, 42].
Sa’diyni g‘azal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham
ulug‘lashadi, chunki ungacha forsiy sheriyatning yetakchi janrlari qasida,
doston, masnaviy, qit’a va ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy,
Jamodiddin va Kamoliddin Isfahoniylar ko‘plab g‘azallar yozgan
bo‘lsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega bo‘lib, o‘zaro mustaqil
alohida baytlardan g‘azal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi. U
g‘azalchilikdagi o‘zigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni
rivojlantirib, g‘azalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan
Dehlaviy, Xoju Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy