TRANSLATION FORUM – 2022 ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022 TARJIMASHUNOSLAR FORUMI – 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 114
w www.oriens.uz December 2022 ettirib, Hofiz Sheroziyga yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak cho‘qqiga olib
chiqdi. Sa’diy g‘azallari 4 devondan iborat bo‘lib, ular «Tayyibot» («Latif
g‘azallar»). «Badoe’» («Yangi g‘azallar»), «Xavotim» («Xotima
g‘azallar») va «G‘azaliyoti qadim») («Eski g‘azallar»)dan iborat.
«Guliston»ga ergashib ko‘plab asarlar yozilgan, lekin ulardan faqat 3
tasi: Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»i, Majiddin Xofiyping
«Xoriston»i, Habib Qooniyning «Parishon»i shuhrat qozongan.
«Guliston» XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropa tillariga
tarjima qilinib, tarqala boshlagan. U ilk bor frantsuz diplomati Andre Ris
tomonidan frantsuz tiliga o‘girilib, 1634 yili Parijda nashr etilgan. Bu
tarjima juda erkin bajarilgan va mukammal bo‘lmasa-da, ko‘pchiliknnng
e’tiborini tortadi. 1635 yili asar frantsuzchadan nemis tiliga tarjima
qilingan. Shundan keyin boshqa g‘arb tillari, shuningdek, rus tiliga ham
o‘girilgan. Rus tilida «Guliston» (1957. 1959) va «Bo‘ston» (1963)
asarlarining mukammal tarjimalari bosilib chiqqan.
«Sa’diy yolg‘iz Eron emas, balki Osiyoning, Afriqoning hamma
yerida hurmatli bir faylasufdir. Uning tarzi bayonining tarovatini va
ifodasining qimmatini Ovrupo ilmu adab ahli ham ko‘pdan beri tan
olganlar», — deb yozadi mashhur major olimi Xerman Vamberi. Buyuk
nemis shoiri va mutafakkiri I. V. Hyote Sa’diyni «juda mahsuldor va
fayzlp», «hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir» deb hisoblagan.
Mashhur frantsuz faylasufi va adibi Volter «Guliston»dan xabardor
bo‘lgan va ba’zi she’rlarida undan foydalangan. Taniqli frantsuz
masalchisi Lafonten ham «Guliston»dagi hikoyat va naqllardan o‘z
masallarida istifoda etgan. Ulug‘ rus shoiri A. S. Pushkin: «Sa’diy va
Hofiz asarlarining pinhoniy asroriga yetgunimcha she’rlarimda
quvonchbaxsh jihatlar va hayotdo‘stlik kam uchrardi», — degan edi.
Sa’diy asarlari qadimdan o‘zbek xalqi orasida ham mashhur.
«Bo‘ston» va «Guliston» asarlari madrasalarda asosiy darsliklar sifatida
o‘qitilib kelgan. Mumtoz shoirlarimiz bu ulug‘ so‘z sanatkoridan
o‘rganganlar, ta’sirlanganlar. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»,
Xojaning «Gulzor», Abdulla Avloniyning «Turkiy «Guliston» yoxud
axloq» asarlari bevosita Sa’diy «Guliston»i ta’sirida yaratilgan. «Devoni
Foniy»da Sa’diy g‘azaliga 22 ga tatabbu’, uning tavrida 4 ta g‘azal mavjud.