Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Yuklar va informatsion oqimlar ko‘chishining biznes-jarayonlari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Yuklar va informatsion oqimlar ko‘chishining biznes-jarayonlari
Transport-ekspeditsiya tashkilotining asosiy ishlab chiqarish masalalarini
avtomatlashtirish uning harakatlari mazkur tashkilotning biznes-jarayonlariga mos
keladigan maxsus dasturiy ta’minot yordamida amalga oshiriladi. 6-rasmda
yuklarni etkazib berish bo‘yicha dasturdagi asosiy biznes-jarayonlar keltirilgan.


96
Tabiiyki, etkazib berish jarayonida bir nechta operatorlar (tashuvchilar) ishtirok
etadi.
Transport infratuzilmasining operatorlari (yo‘l xizmatlari, yo‘l harakati
xavfsizligi inspeksiyasi va boshqalar) harakatlanuvchi sostavning harakatini
boshqarishning umumiy funksiyalaridan tashqari xavfli, nogabarit va boshqa
me’yorga to‘g‘ri kelmaydigan yuklarni tashishda tobora faol rol o‘ynaydi. Bunday
hollarda harakat marshruti, tashish vaqti va hokazolarni ular bilan kelishish zarur
bo‘ladi.
Informatsion tizim tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishda
sezilarli rol o‘ynashi uchun u korxonaning ehtiyojlarini rejalashtirishdan kelib
chiqishi lozim bo‘ladi. Yuklarni etkazib berishni samarali boshqarish uchun
(SupplyChainManagement – etkazib berishlar zanjirini boshqarish) klassidagi
informatsion tizimlar asosiy ahamiyatga ega. Ular optimallashtirish va ishning
samaradorligini tahlil qilish bloklari, shuningdek CRM-tizimlar
(CustomerRelationshipManagement – mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni
boshqarish) bilan chambarchas bog‘liq holda yuklarni etkazib berish jarayonini
rejalashtirish va boshqarishga ko‘maklashadi.
SCM klassidagi informatsion tizimlar logistik tizimda biznes-jarayonlarning
bajarilishini bevosita avtomatlashtirish va yagona informatsion kenglikda ular
o‘rtasida informatsion oqimlar o‘tishini boshqarishni ta’minlaydi. Yukni etkazib
berish zanjirining har bir yangi halqasini amalga oshirish uni modellashtirishdan,
uni u yoki bu kriteriylar bo‘yicha optimallashtirish yo‘llarini qidirishdan
boshlanadi. Yukning harakatlanishining olingan marshruti va yuk
operatsiyalarining bajarilish grafigi so‘ngra doimo nazorat qilinadi, zarur bo‘lgan


97
hollarda esa etkazib berish rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin