Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Nazorat savollari
1.
Transport-ekspeditsiya korxonalarining raqobat qila olish qobiliyati nimani
bildiradi?
2.
Ekspeditsion korxonalarning ishini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
3.
Raqobatni harakatlantiruvchi kuchlarga xarakteristika bering.


100
7-mavzu. XIZMAT KO’RSATISHNING TERMINAL TIZIMI
Reja
1.
Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlash.
2.
Korxonaga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni tashkil
qilish.
3.
Terminallarda omborxona xizmatlarini ko‘rsatish.
4.
Konteynerli yuklarga xizmat ko‘rsatish.
5.
Ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
6.
Transport asbob-uskunalarining ijarasi.
Tayanchiboralar:terminal–
transport-
ekspeditorlikkorhonasi,bojhonaorganlari,
magistral bog`lanish,
omborhona,magistralterminallar,yukavtostantsiyalari,majmuaviytransport-
ekspeditorlikxizmatlar,buking-nota (booking-not),stividorlikishi,talmanishlari.
Ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va ro‘yxati bo‘yicha mijozlarga
xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlaydigan transport-ekspeditorlik
faoliyatini keng rivojlantirish bozor sharoitlarining xarakterli alomati bo‘lib
hisoblanadi. Ishlab chiqarish-texnika bazasi va xodimlarga ega bo‘lgan terminallar
shaharlararo va xalqaro tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlar
ko‘rsatishning asosiy zvenosi bo‘lib hisoblanadi. Ular transport ekspeditsiyasi
bo‘yicha ishlarning butun kompleksini bajaradi.
Terminal – transport-ekspeditorlik korxonasining yuklarni magistral tashish
uchun asbob-uskunalar va xodimlarga ega bo‘lgan inshootlar majmuasidir.
Tashkiliy jihatdan terminal mustaqil korxona yoki asosiy ekspluatatsion-texnik
talablar bajarilgan sharoitda turlicha mulk shakllariga ega bo‘lgan transport-
ekspeditorlik korxonasining strukturaviy bo‘linmasi bo‘lishi mumkin.
Terminallarni yaratish va ularning faoliyat yuritishidan ko‘zlangan
maqsadlar:

shaharlararo va xalqaro bog‘lanishlarda mijozga transport-ekspeditorlik
xizmatlar majmuasini taqdim qilish bilan yuklarni etkazib berishni tashkil


101
qilish (birinchi navbatda kichik partiyali yuklarni terminalli texnologiya
bo‘yicha);

mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yuklarni etkazib berish
muddatlarini qisqartirish;

transportirovka qilishda yuklarning isrofini kamaytirish;

harakatlanuvchi sostavdan foydalanish samaradorligini oshirish va
haydovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish.
Terminallarning asosiy vazifalari va funksiyalari:

terminallarning faoliyat ko‘rsatish zonasida yukni jo‘natuvchiga ham, yukni
qabul qilib oluvchiga ham majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlari
ko‘rsatish;

tijorat transportidan foydalanadigan korxonalar uchun transport-ekspeditsiya
xizmatlari bo‘yicha ba’zi bir alohida xizmatlarni taqdim qilish;

o‘zining faoliyat ko‘rsatish zonasi va boshqa regionlardagi transport-
ekspeditsiya korxonalari bilan o‘zaro harakatlarni tashkil qilish;

boshqa regionlardan kelgan avtotransportga xizmat ko‘rsatish;

bojxona organlari bilan o‘zaro harakatlarni yo‘lga qo‘yishni tashkil qilish.
Transport ekspeditsiyasining rivojlanishi sharoitlarida transport-ekspeditsiya
xizmatlari bozorini o‘rganish va o‘zlashtirish, yukning harakatini logistika
tamoyillarini qo‘llash bilan tashkil qilish, yuklarni etkazib berishning tezkor
uslublarini qo‘llash, mijozlarga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat
ko‘rsatish va yuklarni etkazib berishning boshqa progressiv texnologiyalarini
qo‘llash, shuningdek informatsion tizimni rivojlantirishning progressiv
uslublaridan foydalanish hisobiga mijozlarga xizmat ko‘rsatishning turli-tuman
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan terminallar faoliyatining o‘zgarishi
sodir bo‘ladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin