88
tendensiyalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Xorijdagi yirik kompaniyalar
o‘zining profili bo‘yicha informatsiyani to‘plash va unga ishlov berishni zarur deb
hisoblaydi va bu maqsadlar uchun kompaniya aylanmasidan 1-2% ini sarflaydi.
Tijorat va moliyaviy muvaffaqiyatni ta’minlash uchun transport-ekspeditsiya
korxonasi bozor sharoitlarida ekspeditor tomonidan qo‘yilgan
maqsadlarga
erishishga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan har qanday tashkilotlar bilan muloqotga
kirishishi lozim bo‘ladi. Muloqot guruhlariga quyidagilar kiradi:
1) moliyaviy doiralar (tijorat banklari, investitsion firmalar, birjalar va
hokazolar);
2) informatsiya etkazish vositalari (gazetalar, jurnallar, radio, televidenie);
3) davlat muassasalari (transport, iqtisodiyot, moliya
vazirliklari va boshqa
vazirliklar, ularning vakolatli organlari).
Transport-ekspeditsiya korxonalarining raqobatbardoshliligini oshirishda
xizmatlarni reklama qilishni tashkil qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. YAxshi
tashkil qilingan reklama ekspeditorning xizmatlariga bo‘lgan talabning
kengayishiga, korxonaning tijorat va moliyaviy muvaffaqiyatga erishishiga
ko‘maklashadi. Reklama qilish bo‘yicha ishlarni reklama bilan murojaat qilishdan
boshlash kerak bo‘ladi. Bunda reklama murojaatini tarqatish manbasi: gazetalar,
jurnallar, radio,
televidenie, reklama shitlari va hokazolar aniq bo‘lishi, shuningdek
reklamaning paydo bo‘lish davriyligi aniq bo‘lishi lozim. Reklama murojaatida
iste’molchilarga taqdim qilinadigan xizmatlar to‘g‘risidagi ko‘proq qiziqarli va
ko‘proq muhim ma’lumotlar ma’lum qilinishi lozim.
Reklama murojaati avval bir necha variantda ishlab chiqiladi. Bunda taklif
qilinadigan xizmatning sifat xarakteristikalariga asosiy e’tibor
qaratish lozim
bo‘ladi. Yakuniy qaror qabul qilingandan keyin murojaatning stili va formasini
aniqlash zarur bo‘ladi. Reklama uchun xarajatlarni belgilashda qo‘yilgan
maqsadlarga erishish zarurati, raqobatchilarning reklama xarajatlari, mavjud
moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqish lozim bo‘ladi.