112
Agentlik kompaniyasining bukirovkalash bo‘limi (bookingdepartment)
kemaning umumiy sig‘diruvchanligidan agentning
ixtiyoriga ajratilgan kvota
doirasida (ellotment) yuklarni kemalarga bukirovka qiladi (birkitadi, bron qiladi).
Ellotmentlarning mumkin bo‘lgan taqsimlanish sxemasi 8-rasmda keltirilgan.
8-rasm. Ellotmentlarni taqsimlash sxemasi
Bukirovkalash davomida agentlar kema egasining dispetcherlik apparati
bilan uzluksiz bog‘lanishni yo‘lga qo‘yadi. Kema egasi kemaning har bir kirish
portidagi tonnajga bo‘lgan talabga bog‘liq ravishda bukirovkaning borishini faol
tarzda o‘zgartirishi mumkin, masalan, talab yuqori bo‘lganda agentlar o‘rtasida
ellotmentlarni o‘zgartirish, liniyaga qo‘shimcha kema qo‘yish yoki kattaroq
tonnajga ega bo‘lgan boshqa kema qo‘yish, talab past bo‘lganda – portgp
kirishni
bekor qilish, agent tomonidan sig‘imni fraxtlashdan foydalanish bilan bron
qilingan yukni shu manzilga boradigan boshqa kemada, jumladan, liniyada
birgalikda ishlaydigan sheriklardan birining kemasida va hatto raqobatchi
liniyaning kemasida jo‘natish hollari o‘z o‘rniga ega bo‘ladi (ushbu maqsadlar
uchun ba’zan yagona bukirovkalash markazlaridan foydalaniladi).
Tashish uchun taklif qilingan yukni qabul qilishdan bosh tortishga
hohlanmaydigan hodisa sifatida qaraladi, bu “ishonchli tashuvchining”
bozordagi
obro‘sining pasayishiga olib kelishi mumkin (reliablecarrier). Ushbu qoida maxsus
yuklarni: xavfli yuklarning ba’zi bir klasslari, ulkan yuklar, o‘ta og‘ir yuklar, o‘ta
uzun yuklar (12 m dan oshiq), past temperaturalarda tashishni talab qiladigan
yuklar, quyilgan yoki uyilgan holda tashiladigan yuklar, jadvalda ko‘zda
tutilmagan portlarga etkazilishi lozim bo‘lgan yuklar, kema seyfida tashilishi lozim
113
bo‘lgan qimmatbaho yuklarni (qulf ostidagi yuk - lockercargo)
tashishga taalluqli
bo‘lmaydi.
Ba’zan jo‘natuvchining o‘zi, yukning og‘irligi va hajmi, portga etib kelish
sanasi unga hali aniq ma’lum bo‘lmagan hollarda shartli bukirovka qiladi. Agent
shartli bukirovkani qabul qiladi, biroq yuk to‘g‘risidagi informatsiyani
aniqlashtirishning eng chekka muddatini belgilaydi. Agent yukni jo‘natish uchun
qabul qilib olgandan keyin bukirovkaga tartib nomeri beradi va yukni unga
yukning rekvizitlari kiritiladigan maxsus reestr – buking-varag‘iga (bookinglist)
kiritadi (9-rasm). Buking varag‘i va unga qo‘shimcha
qilinadigan barcha
informatsiya kema egasiga teleks (faks) bo‘yicha yuboriladi.
Yuk etib kelgandan keyin, stividor tomonidan ko‘zdan kechirilgandan
keyin, ekspeditor tomonidan tayyorlangan konosament va yuklash orderining
qoralamasi bilan tanishgandan keyin buking-varag‘idagi ma’lumotlar
aniqlashtiriladi va u tartib bo‘yicha keyingi transport hujjati – “yuklashga
ruxsatnoma” ga (loadingpermit) aylanadi.
Bron qilingan yuklar tashish uchun taqdim qilinmagan taqdirda liniyali
kemachilikda yukni to‘liq yuklamaganlik yoki yukni taqdim qilmaganlik uchun
zararni qoplash ko‘zda tutilmagan. Biroq kema egalarining manfaatlarini himoya
qilish uchun yuklarning yirik partiyalarini bron qilishda
yuk egasi va tashuvchi
o‘rtasida yuk jo‘natuvchi va tashuvchining o‘zaro javobgarligini ko‘zda tutadigan
buking-nota (booking-note) formasida ikki tomonlama kelishuvlar tuzilishi
mumkin.
Reys № i Etkazib berish porti
Ellotment
Sana
Yuk jo‘na
tuvchi
O‘rinlar
soni
va upakovka xarakteri
Yukning
nomi
Tonnalar,
1000 kg
Kubo
metr
lar
Kemada
joylashtirishga
nisbatan maxsus
talablar
9-rasm. Buking-varag‘ining o‘zbek
tilidagi namunasi