107
•
yuklarni omborxona ichida ko‘chirish uchun mo‘ljallangan,
avtomatik
adreslashtirishga ega bo‘lgan uzluksiz transport vositalarini yuklarni taqsimlash,
to‘plash va saralash uchastkalarini tashkil qilish bilan qo‘llash;
•
omborxonalarni yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar (paket shakllantiruvchi
mashinalar, upakovka qilish, qayta yuklash, tortish, yuklarni sanash, yuk
o‘rinlarining gabaritlarini nazorat qilish qurilmalari va hokazolar) bilan jihozlash.
Kichik partiyali yuklarni etkazib berish uchun
terminalda omborxonalar
to‘rtta zonaga – yuklarni qabul qilish zonasi, saralash zonasi, jo‘natish zonasi va
shuningdek eksport-import yuklarni qayta ishlash zonasiga bo‘linadi. Omborxona
maydonidan ratsional foydalanish va yuklarni qayta ishlash uchun omborxona
stellajlar, ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, tagliklar, takelajlar, yuklarni
markirovkalash (tamg‘a bosish) vositalari bilan jihozlanadi.
Omborxonalar harakatlanuvchi sostavni
yuklash-tushirish uchun
mo‘ljallangan postlarning zaruriy soniga ega bo‘lishi lozim. Omborxonalarning
eshiklari ikki tomonga siljib ochiladigan bo‘lishi, yong‘inga qarshi qurilmalar va
signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim. Kichik partiyali yuklar uchun mo‘ljallangan
omborxonalar yuklash-tushirish mashinalarining (pogruzchiklar) turli
avtomobillarning kuzovlariga kirib-chiqishi uchun mo‘ljallangan muvozanatlovchi
maydonchalar va tashqi rampalar (past to‘siqlar) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Omborxonalar, rampalar, maydonchalarning pollari, yuklash-tushirish postlariga
kelish-ketish yo‘llari qattiq, tekis bo‘lishi, iloji boricha asfalt-beton
yoki sement-
beton qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
Terminal omborxona binolarining ichi va butun territoriyaning yoritilishiga
ega bo‘lishi lozim, bu sutkaning qorong‘i paytlarida ham ishlarni bajarish imkonini
beradi. Terminalda kichik jo‘natmalarni yuklash va ularni qabul qilib oluvchilarga
tarqatishni kunning birinchi yarmida, yuklarni yig‘ish va terminalga olib kirishni –
kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish tavsiya qilinadi. Jo‘natmalarni saralash
va yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtirishni, xalqaro bog‘lanishlarda qatnaydigan
avtopoezdlarni kechqurun va tungi vaqtda yuklash tavsiya qilinadi. SHunga ko‘ra
terminalning 2-3 smenali ish rejmmida ishlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
108
Terminallarda tashishlarni
operativ rejalashtirish, tashishlarni informatsion
ta’minlash, yuklarni hisobga olish, yuklarni omborxona ichida qayta ishlashni
nazorat qilish va tahlil qilish masalalarini hal qilish uchun shaxsiy elektron-
hisoblash
mashinalariga, shuningdek zamonaviy aloqa vositalariga ega bo‘lish
zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: