109
Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish transport-
ekspeditsiya korxonasi tomonidan ishlab chiqiladigan loyihaga muvofiq tashkil
qilinadi. Loyihada majmuani tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning
quyidagi bloklari ko‘rib chiqiladi:
•
yuklarning turlari bo‘yicha tashishlar hajmi, uning transport turlari,
jo‘natmalarning ko‘lamlari va tashish masofasi bo‘yicha taqsimlanishini
aniqlash;
•
avtomobil transporti va transportning boshqa turlarini samarali qo‘llash
sferalarini (jabhalarini) aniqlash;
•
yuklarni magistral tashish uchun avtomobil transporti harakatlanuvchi
sostavining ratsional tiplarini tanlash;
•
majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish ro‘yxatini va uni
o‘zlashtirishning bosqichliligini aniqlash;
•
majmuani yuklarni harakatlantirish tizimlari, hujjatlar aylanmasi
tizimlarini takomillashtirish va yuklash-tushirish ishlarini
mexanizatsiyalashtirish
bilan tashkil qilish texnologiyasini ishlab chiqish;
•
iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy natijalarni aniqlash.
Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishda transport-
ekspeditsiya korxonasi mahsulotning sexdan chiqishidan boshlab to uni
transportning har xil turlari bilan jo‘natishgacha bo‘lgan barcha ishlar ro‘yxatini:
•
sexning omborxonasida barcha mahsulotni qabul qilib oluvchiga har xil
transport turlari bilan jo‘natish uchun qabul qilishni;
•
transportning samarali turini tanlashni;
•
yuk o‘rinlarini upakovkalash va markirovkalashni;
•
jo‘natmalarni
transport turlari, tashish marshrutlari va qabul qilib
oluvchilar bo‘yicha tagguruhlashtirishni;
•
avtomobillar, konteynerlar va vagonlarni xizmat ko‘rsatiladigan
korxonaning territoriyasida yuklashni;
•
magistral bog‘lanishlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil tashishlarini
bajarishni;
110
•
mahsulotni aralash avtomobil-temir yo‘l, avtomobil-suv yo‘li yoki
avtomobil-havo yo‘li bog‘lanishlarida transportning boshqa turlari bilan
jo‘natishni
•
qabul qilib oluvchilarni ularga mahsulot jo‘natilayotganligi to‘g‘risida
xabardor qilishni;
•
tovar-transport hujjatlarini, majmuaviy transport-ekspeditorlik
xizmatlar
ko‘rsatish uchun hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishni
o‘z ichiga olgan holda amalga oshirishi mumkin
Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida
transport-ekspeditsiya korxonasining xizmatlar majmuasini bajarish, xizmat
ko‘rsatiladigan korxona tomonidan esa – majmuaviy transport-ekspeditsiya
xizmatlari ko‘rsatish uchun ekspeditorga shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha
majburiyatlar ko‘zda tutiladi. Ularga ekspeditorga omborxona binolari va boshqa
maydonchalarni, yuklash-tushirish
mexanizmlarini, ekspeditorning xodimlari
uchun xonalarni taqdim qilish, aloqa vositalari va boshqa qurilmalar bilan
jihozlash kiradi. Zarur bo‘lgan hollarda shartnomada xizmat ko‘rsatiladigan
korxona tomonidan omborxonalar va yuklash-tushirish postlarini qurish yoki qayta
jihozlash ko‘zda tutiladi. Majmuaviy xizmat ko‘rsatishning samarali bajarilishi
uchun haydovchilarning doimiy brigadalari, shuningdek haydovchilar,
omborxona
xodimlari, mexanizatorlar va dispetcherlardan iborat bo‘lgan majmuaviy brigadalar
tashkil qilinishi mumkin.
Transport-ekspeditsion korxona bilan xizmat ko‘rsatiladigan korxona
o‘rtasida majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar uchun hisob-kitoblar
shartnomaviy tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga bog‘liq
ravishda bu tariflar har bir operatsiya bo‘yicha alohida hisoblanishi yoki xizmat
ko‘rsatiladigan korxonaning umuman barcha operatsiyalar bo‘yicha amaldagi
xarajatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi mumkin. Bunda shartnomada
tariflarning yoqilg‘i, harakatlanuvchi sostav yoki ekspeditorning boshqa xarajatlar
statyalari bo‘yicha amaldaga narxlarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan
indeksatsiyasi hisobga olingan bo‘lishi zarur.