Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə23/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
MA\'RUZALAR

I. Umumiy qoidalar
O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari avtomobil transportida tashish jarayoni qatnashchilarining o'zaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek yuklarni tashishga, ularning saqlanishiga qo'yiladigan talablarni va O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashishning boshqa shart-sharoitlarini belgilaydi.
Ushbu Qoidalarning amal qilishi fuqarolarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli bo'lgan avtomototransport vositalarini qo'llagan holda shaxsiy ehtiyojlar uchun ular tomonidan bajariladigan yuklarni tashishga tatbiq etilmaydi.
Avtomobil transportida xavfli, yirik gabaritli va og'ir yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Yuklarni temir yo'l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan o'zaro hamkorlikda avtomobil transportida tashishda yuzaga keladigan munosabatlar va bunday tashishni tashkil etish tartibi tashuvchilar o'rtasida tuziladigan bitimlar bilan tartibga solinadi.
Bojxona nazorati ostidagi yuklarni tashish O'zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ushbu qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo'llaniladi:
tashish shartnomasi — u bo'yicha tashuvchi unga yukni jo'natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni borish punktiga yetkazib berish va uni yukni olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirish majburiyatini olgan, yukni jo'natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan to'lovni to'lash majburiyatini olgan bitim;
haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxs;
yukni jo'natuvchi — yukning mulkdori nomidan ish ko'ruvchi yoki tashish shartnomasi bo'yicha yukning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yukni oluvchi — yukni olishga vakolat berilgan va yukka doir ilova hujjatlarida ko'rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni jo'natuvchidan tashishga qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovardan va taradan iborat bo'ladi. Yukning sof og'irligi "netto", taraning og'irligi — tara, tara bilan birgalikda tovarning umumiy og'irligi "brutto" deb ataladi;
yuk o'rni — avtomobil transportiga yuklashda yoki tushirishda uni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
mijoz — yukni jo'natuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan shatakka olinadigan va o'z energiya manbaiga ega bo'lmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
tirkama aravalar — uzun o'lchamli yuklarni tashish uchun qo'llaniladigan tirkamaning bir turi;
yarimtirkama — to'liq massasining bir qismi o'tirg'ich qurilmasi orqali o'tirgich shatakchiga beriladigan tirkamaning bir turi;
paket — taglikda yoki uningsiz bitta yirik joyga shakllantirilgan va mexanizasiyalashtirilgan usulda yuklash, joyni o'zgartirish va tushirish bo'yicha operasiyalarni bajarish imkonini beradigan mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar turkumi;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga egalik qiluvchi, yuklarni tashish bo'yicha tijorat asosida xizmatlar ko'rsatuvchi va bunga lisenziyaga ega bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tagliklar — ayri yuklagichlar va kranlar yordamida ortish-tushirish ishlarini mexanizasiyalash uchun moslama, ko'p martalik tara hisoblanadi;
yo'l varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
tez buziladigan yuklar — ularni saqlash uchun tashishda maxsus harorat va sanitariya-gigiena rejimlariga rioya etish talab qilinadigan yuklar;
tara — o'rab-joylashtirishning asosiy elementi, u o'zida tashishda, saqlashda va ortish-tushirish operasiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirish va ularning saqlanishini ta'minlash uchun mo'ljallangan buyumni ifodalaydi;
konteyner — kamida 1 m3 hajmli, tovarlarni tarasiz, birlamchi o'ramda yoki engillashtirgan tarada tashish uchun mo'ljallangan ko'p martalab foydalaniladigan tara;
o'rab-joylashtirish — unga solingan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan, ularning zarur anjomi hisoblangan va unda mahsulotlar va tovarlarni saqlash hamda ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini ta'minlash uchun xizmat qiladigan buyum;
tovar-transport yukxati — transport jarayonining qatnashchilari uchun yagona bo'lgan, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularni yo'lda hisobga olishga, kirim qilishga, ombor, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yuk tashilganligi uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishning hisobini yuritish uchun mo'ljallangan hujjat.
Yo'l varaqalari va yuklarni avtomobil transportida tashishga tegishli boshqa hujjatlarning (yuklarni tashish masofalarini o'lchash dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo'yicha nizomlar, yo'riqnomalar, metodik qo'llanmalar) shakllari namunalari O'zbekiston transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin