TRАNSPОRT VОSITАLАRINI ISHLАTISHDА YO’L SHАRОITLАRI
6.1. Аvtоmоbil yo’llаri tаsnifi vа ulаrning аsоsiy trаnspоrt-ekspluаtаtsiоn ko’rsаtkichlаri Umum foydalaniladigan avtomobil yullari mamlakatimizdagi viloyatlar, sha-har, tuman markazlari, temir yo’l bekatlari, aeroportlar, Amudaryo suv pristanlari va boshqa joylarni o’zaro birlashtiradi. Uzbekistan Respublikasida bunday yo’llar «O’zavtoyo’l» davlat konserni tasarrufidadir. Umum foydalanish avtomobil yo’llaridan tashqari har xil boshqarmalarga tegishli yo’llar ham mavjud bo’lib, ular sanoat korxonalari, qurilish, qishloq (suv) xo’jaligi va boshqa korxonalar ichidagi ob‘ektlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi. Yo’llarni tavsiflash uchun davlat va texnika tasniflari mavjuddir.
Avtomobil yo’llari davlat tasnifiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
umumdavlat ahamiyatidagi yo’llar. Ular qo`shni davlatlar markazlari, respublikamizdagi viloyatlar markazlari, yirik sanoat va madaniyat markazlarini
o’zaro birlashtiradi. Bunday yo’llar qatoriga yirik kurortlarga eltuvchi yo’llar ham kiradi;
b) viloyat ahamiyatidagi yo’llar. Bunday yo’llar tuman markazlarini o’zaro va ularni viloyat markazlari yoki umumdavlat ahamiyatdagi magistrallar, yirik temir yo’l bekatlari, aeroportlar, suv pristanlari bilan o’zaro birlashtirish uchun xizmat qiladi;
v) mahalliy ahamiyatdagi yo’llar. Bunday yo’llar tarkibiga tuman hamiyati-dagi va xo’jaliklar ichidagi barcha yo’llar kiradi.
3-jadval