Transport logistikasi kafedrasi


Konteynerlar va tagliklarda yuklarni tashish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə59/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
MA\'RUZALAR

2.Konteynerlar va tagliklarda yuklarni tashish

Transport jarayonidagi eng sermehnat va kam mexanizatsiyalashtirilgan ishlarga yuklarni transport vositasiga ortish-tushirish ishlarini kiritish mumkin. Bu ishlarni bajarishga umumiy transport xarajatlarining 40-75 foizi to’g’ri keladi. Ortish-tushirish operatsiyalarida avtomobillarning unumsiz turishini kamaytirish, bu operatsiyalarni kompleks mexanizatsiyalash va tashish jarayoni sifatini oshirishning eng samarali yo’nalishlaridan biri barcha transport turlaridagi yuk tashishlarni konteyner va tagliklarda paketlab tashishdir.


Konteynerlar va tagliklarda paketlab yuklarni tashish quyidagi afzalliklarga ega:
- transport vositalarini unumsiz turishini kamaytirish;
- transport jarayonining barcha bosqichlarida ham ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash;
- mexanizmlarni samaraliroq ishlatish va tashilayotgan yuk partiyalarini yiriklash hisobiga ortish-tushirish xarajatlarini kamaytirish;
- kam xarajatli (arzonroq) va usti ochiq transport vositalari turidan foydalanish;
-taralash sarfini kamaytirish hamda tashilayotgan yuklarning sifatliroq saqlanishi.
Konteyner va tagliklarni sotib olish, tahmirlash va saqlash ko’p xarajatlarni talab etadi. Bundan tashqari, ularning o’z og’irligi hisobiga transport vositalarining ko’taruvchanligi yoki sig’imidan foydalanish birmuncha kamayadi. Konteyner va tagliklar bo’shatilgandan so’ng ularni yuk ortish punktlariga qaytarish lozim bo’ladi. shularga qaramay, yuk tashishda konteyner va tagliklarda paketlab tashishni amalda joriy etish transport xarajatlarini ancha kamaytiradi va har xil transport turlarida yuk yetkazib berishning eng ilg’or usullaridan hisoblanadi.
Konteynerlarda tashishning eng ko’p tarqalgan sxemalari:
- konteynerni TV dan tushirmasdan yoki yukli konteynerni tushirib qoldirib yoki bo’shatilganlarini boshqa bekatlarga qaytarish;
- ikkala yo’nalishda ham yuklangan konteynerlarni tashish;
- konteynerlarni avtomobildan tushirmay bajariluvchi tashish ishlari. Ular yuk oqimlari kichik va ularni qabul etuvchilarda ortish-tushirish mexanizmlari yo’q joylarda ishlatiladi.



Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin