Hajmi katta va kam miqdordagi bir turli yuklarni tashish.
Avtomobil transportida bir turli juda ko’p hajmdagi quyidagi yuklar: qishloq xo’jaligi mahsulotlari (g’alla, qand lavlagi, paxta xom ashyosi, turli sabzavotlar), har turdagi yonilg’ilar (toshko’mir, yog’och, torf), qurilish materiallari (tuproq, qum, shag’al, tosh maydasi, g’isht, panellar, fermalar, yog’och materiallari) va boshqalar tashiladi.
Bir turli juda ko’p hajmdagi yuklarni tashishda ortish-tushirish punktlarining joylashuvi, amaldagi yuk oqimining tuzilishi va quvvati o’zgarmas bo’ladi. Yuk oqimining o’zgarishi rejali bo’lishi mumkin. Yuk hajmining ko’pchiligi, o’zgarmas ortish-tushirish punktlari o’rtasida tashish, yuk oqimining, yuk oqimining jadalligi tashishni bir oylik va tezkor (smena-sutka) rejalarga tayangan holda ishlab chiqilgan harakat chizmalari yordamida tashkil etishga yordam beradi. Ortish-tushirish ishlarining yaxshi va aniq tashkil etilishi marshrutli tashishlarni transport vositalari jadvali va harakat chizmasi bilan bajarish imkonini beradi.
Bir turli ko’p miqdordagi yuklarni tashishda avtopoezd va maxsus transport vositalarini ishlatish alohida ahamiyatga ega. Ularni qo’llash ish unumdorligini oshiradi. Tirkamalar soni yetarli darajada bo’lsa, tashish samarasi oshadi. Marshrutli yuk tashishda avtopoezdlarni qo’llash avtomobillar tortish kuchidan yaxshiroq foydalanish va transport vositalarining umumiy yuk ko’taruvchanligini oshirish imkonini beradi. Bularning natijasida tashish tannarxi kamida 20 % arzonlashadi.
Yuk tashishni marshrutlash ahamiyati, ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlari yig’im-terim, tayyorlashda hamda ulkan qurilish obhektlari yukini va shunga o’xshashlarni tashishda alohida ahamiyatga ega.
Amaldagi tashishlardagi Ba’zi bir myayan hollarda yuk qabul etuvchilar ularni kam miqdorda oladilar. shuning uchun yuk jo’natuvchilar ularga yuklarni mayda partiyalab keltirishga majbur bo’ladilar. Natijada yuk tashuvchi avtomobillarning ko’tarish qobiliyatidan to’la foydalanilmaydi. Masalan, maktab bufetlariga, kichik do’konlarga (non, sut, go’sht va h.k.), maishiy xizmat (kir yuvish yoki kimyoviy tozalash punktlari yuklari), qishloq joylardagi xalq iste’moli mollari yuklarini tashish shular jumlasiga kiradi.
Agar bunday yuklarni tashishda qandaydir chora-tadbirlar qo’llanilmasa, avtomobillar yuk ko’tarish qobiliyatidan to’la foydalanilmaganligi sababli ular umumdorligi keskin pasayib ketishi mumkin.
Bunday yuklar tashishni eng maqsadga muvofiqligi, bu bir va bir necha jo’natuvchilar yuklarini yig’ib, ya’ni har yerlarda tarqoq bo’lgan jo’natuvchilar yuklarini bir joyga yig’ib, ularni yo’nalishlar bo’yicha va yuk qabul etuvchilar joylashuviga ko’ra komplektlab tashish tizimidir. Bunday tizimli yuk tashish yeng avvalo bor shahardan uning atrofiga jo’natiluvchi yuklarni komplektlab tashishda qo’llaniladi.
Shaharlararo tashishdagi mayda partiyaali yuklarni bir joyga yig’ib komplektlab tashishni tashkil etishda yuk tashish avtomobili bekati (YuTAB)ning ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari keltiradilar. Yuklarni yo’nalishlariga qarab komplektlab, avtopoezdlarda yuk egalariga jo’natiladi. Bunday, oldindan komplektlab yuklarni tashish tizimi, avtomobil va avtopoezdlar yuk ko’tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini beradi.
Ba’zi bir mayda partiyali yuklarni tashish rejali bo’lmay tasodifiy (epizodik) bo’lishlari mumkin. Bunday tashishlarni tashkil etishda mijozlar omborlaridan YuTAB ga keltirilmasdan to’g’ridan-to’g’ri yuklarni transport vositalarida yig’ib yuk qabul etuvchilarga tashiladi. Bunday tashishlarni tashkil etishda belgilangan vaqtda tashishga katta e’tibor berish lozim bo’ladi.
Shahar ichi (shahar atrofi) sharoitlarida mayda partiyali yuklarni yig’ib yoki tarqatib tashish marshrutlari tuzish lozim (rasm). Yig’ib tashish marshrutida avtomobil marshrutda yo’l-yo’lakay mayda partiyali yuklarni ketma-ket yig’ib borib, uni so’nggi manzilga yuk egasiga topshiradi (masalan, kiyimlarni qabul punktidan kimyoviy tozalash fabrikasiga tashishda). Tarqatib tashishda esa avtomobil bosh yuk jo’natish joyidan to’la ortilib (masalan, non zavodi), uni qabul etuvchilarga (do’konlarga) ketma-ket yetkazib beriladi.
Yig’ib va tarqatib tashish marshrutlari uchun quyidagi ko’rsatkichlarni aniqlanishi mumkin:
1. Yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti
bunda: - bir aylanishda amalda tashilgan yuk miqdori,
2. Bir aylanishga sarflangan, vaqt
, soat.
bunda Lm - marshrutning umumiy masofasi, km;
Vt - harakat texnik tezligi, km/soat;
tk-ch- har bir joyga kirib-chiqishga qo’shimcha vaqt (bunga manevr qilish hamda xujjatni rasmiylashtirish vaqti ham kiradi);
nk-ch - kirib-chiqishlar umumiy soni.
3. Ish kuni davomidagi aylanishlar soni
4. Ish kuni davomida tashilgan yuk miqdori
; t
5. Ish kuni davomida bajarilgan yuk oboroti
; tkm
bunda - ikki kirib-chiqish oralig’idagi yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti, - ikki kirib-chiqish oraliq masofasi, km.
Dostları ilə paylaş: |