Transport logistikasi kafedrasi


Konteynerlar maydoni va almashtirish punktlari



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə60/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86
MA\'RUZALAR

3. Konteynerlar maydoni va almashtirish punktlari

Bunday maydonlar yoki terminallarda konteynerlar bir transport turidan ikkinchisiga o’tkaziladi, maslalan temir yo’l transportidan avtomobilga yoki uning aksi. Bunday terminallar (maydonlar) konteynerli yuklar juda ko’p keladigan va jo’natiladigan punktlar (yirik temir yo’l bekatlari, daryo va dengiz portlari) yoqasida qurilib, tashishlar tashkil etiladi. Konteyner terminallarida yuklangan va bo’shatilgan konteynerlar qabul etiladi va jo’natiladi, ular yo’nalishlargan qarab saralanadi, xujjatlar rasmiylashtirilib, ortish-tushirish ishlari bajariladi.


Konteynerlarli tashishlarni tashkil etishda ochiq va past qilib ishlangan, qoplamasi asfalg’t-beton bo’lgan maydonlar quriladi, Konteynerlar bunday maydonlarda qator qilib joylashtiriladi, Qatorlar orasida tarozbonlarning mehyorda ishlash imkoni bo’lishi uchun kamida 0,6 m masofa qoldiriladi.
Harakatlanishga qulaylik yaratish uchun bunday maydonlar avtomobillarning bemalol kiruv joylari yoki u yoqdan bu yoqqa o’tib boruvchi yo’l bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Har 25-45 m oralatib avtomoillar qatnovi va yong’inga qarshi eni 4 metrli ko’ndalang yo’laklar bo’lishi lozim. Konteyner maydonlarini qabul etuvchi, jo’natuvchi vazifasiga ko’ra maxsuslashtirilgan bo’laklarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Temir yo’l bekatlaridagi konteyner maydonlariida ortish-tushirish ishlari ko’picha to’rt tayanchi kranlarda bajariladi, yuk oboroti juda katta terminallarda ko’priksimon kranlar o’rnatiladi.
Avtomobil transportida yuklarni taglikda paketlab tashish barcha bortli avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalarda bajariladi. Taglikda paketlab tashishda furgon kuzovining tagi (poli) maxsus suriluvchi qilib ishlangan bo’lsa, avtoyuklagichlar furgon ichiga kiritilmay ortish-tushirish ishlarini bajarish mumkin bo’ladi.
Konteyner va paktelab tashishda maxsuslashtirilgan avtomobil va avtopoezdlardan foydalanish eng yaxshi samara beradi. Massasi 10,20,30 tonnali konteyner tashishga moslangan avtopoezdlar tyagach va universal (bortli ) yarim tirkamadan iborat bo’ladi. 10,20,30 tonnali konteynerlarning ost gabarit o’lchamlari eni bo’yicha bir xil – 2438 mm va uzunligi bo’yicha o’z navbatida 2991, 6058 va 12192 mm qilib ishlangan. 1 ta yarim tirkamaga 30 t li 1 konteyner, 20 t li 2 konteyner, 20 t li 1 ta va 10 t li 2 ta yoki faqat 10 t li 4 konteyner joylashadi.



Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin