Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə84/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
MA\'RUZALAR

Bojxona rasmiyatchiligi jismoniy shaxslarni, jumladan yo’lovchilarni Respublikaga kirishi yoki undan tashqariga chiqishi hamda tovarlar, transport vositalari va mollarni chegaradan o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar yig’indisi.
Bojxona ‘rotseduralari – jismoniy shaxslar, jumladan yo’lovchilarni chegaradan o’tish tartibini nazorat qilish va tovarlarga, transport vositalariga, mollarga bojxona xujjatlarini rasmiylashtirish, bojxona ‘lombalari va ‘echatlarini qo’yish, qimmatbaxo buyumlar va yuk haqidagi bojxona deklaratsiyasini to’ldirish, to’lanishi lozim bo’lgan bojxona to’lovlarini hisoblash va bojxona qonunchiligini ijro etish uchun qilinadigan bojxona organining boshqa harakatlari.
Bojxona organining faoliyat yuritish zonasi – konkret bojxona organining bojxona nazorati va rasmiylashtirish ishlarini bajaradigan hudud (viloyat, shahar va aero’ort).
Jismoniy shaxslar (yo’lovchilar) ning kirish-chiqish bojxona organi – jismoniy shaxslarning O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o’tishda chegaradagi o’tkazish ‘unktida joylashgan O’zbekiston Respublikasining oraliq bojxona organi.
Kiritish bojxona organi – O’zbekiston Respublikasiga kiritiladigan yuklarni chegaradan olib o’tish punktida joylashgan O’zbekiston respublikasining oraliq bojxona organi.
CHiqarish bojxona organi - O’zbekiston Respublikasidan chiqariladigan yuklarni chegaradan olib o’tish ‘unktida joylashgan O’zbekiston respublikasining oraliq bojxona organi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha faoliyat yuritadigan shaxslar bojxona operatsiyalari subhektlari deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Bojxona brokeri – o’z faoliyatini yuritish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona komitetining litsenziyasini (ruxsatini) olgan, bojxona ishlarida o’z nomidan bojxona rasmiylashtiruvlari bo’yicha barcha operatsiyalarni va boshqa vositachilik funktsiyalarni bajaradigan korxona (yuridik shaxs). Bojxona brokeri O’zbekiston Respublikasi chegarasidan tovarlarni olib o’tishda tovarlar uchun javobgarlikni oladi va zimmasidagi barcha vazifalarni bajaradi. U notarial tasdiqlangan shartnoma asosida ish beruvchi shaxs bilan munosabatlarni olib boradi.
Bojxona brokeri litsenziya olish uchun quyidagi shartlarni bajarishni ta’minlashi kerak: bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha shtatda bojxona brokeri nomidan ish olib boradigan mutaxassisga ega bo’lishi kerak;
- o’zining faoliyatini sug’urtalash shartnomasini tuzish;
- tovarlar bilan bajarilayotgan bojxona operatsiyalarini hisoblarini yuritish va hisobot tayyorlash uchun shart-sharoitlarga hamda moddiy-texnik bazaga ega bo’lishi kerak.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin