Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə83/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
MA\'RUZALAR

5.1. Asosiy tushunchalar
Avtomobillarda xalqaro tashuvlar biror bir davlat chegarasini kesib o’tganda bajariladi va aniq bir chegara va bojxona operatsiyalari bilan bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasining bojxona siyosatining maqsadi bojxona nazorati va O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar orasidagi tovar ayirboshlashni boshqarish yo’li bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va ichki tovar bozorini himoya qilish hisoblanadi. Tovarlarni kiritish – chiqarishga qo’yilgan chegaralash hukumatning maxsus qarorlariga suyangan xolda bajariladi. Bu qarorlar iqtisodiy siyosat, xalqaro majburiyatlarni bajarish, ichki istehmol bozorini himoya qilish yoki mustaqil O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlariga zid keladigan chet el davlatlari harakatlariga javoban qo’llaniladigan chora-tadbirlardir.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bojxona komiteti tizimiga bojxona postlari ishlariga rahbarlik qiladigan hududiy bojxona boshqarmalari kiradi.
Bojxona faoliyatini amalga oshirishda bojxona hizmatlari organlari va maxsus operatsiyalar ishlatiladi.
Bojxona organi – davlatga shu organ orqali eksport-import tovarlar kiritilib-chiqariladigan, bagaj, pochta jo’natmalari va boshqa yuklar hamda ushbu yoki boshqa davlatlar fuqarolarining chegaradan o’tishini amalga oshiradigan davlat organi hisoblanadi.
Belgilangan joydagi bojxona organi – fuqarolar va yuklar yoki yukning bir qismi uchun bojxona tranziti ishlari bo’yicha tashish tugaydigan, belgilangan davlat bojxona organi.
Jo’nash joyidagi bojxona organi - fuqarolar va yuklar yoki yukning bir qismi uchun bojxona tranziti ishlari bo’yicha tashish boshlanadigan, jo’natish bojxona organi.
Yo’lovchi va yuk bojxona deklaratsiyasi (YBD va YuBD) – bojxona chegarasi orqali o’tiladigan yuklar, qimmatbaxo buyumlar (valyuta va boshqa qimmatbaxo narsalar) haqidagi bojxona organlari uchun zarur mahlumotlarni o’z ichiga olgan hujjat.
Bojxona nazorati – yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan yo’lovchilarning davlat chegaralaridan o’tishida, tartib - qoidalar saqlanishini boshqaradigan, valyutalar, qimmatli qog’ozlarni transport vositalarini kiritish-chiqarish yoki tovarlarni (yukni)tranzit qilish qoidalariga rioya qilinishi uchun yo’naltirilgan bojxona organlari harakatlari.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin