Avtomobilni boshqarish jihozlaridan
foydalanish texnikasi bo`yicha amllar bajarish
1. Xaydovchini ish o‘rnida ishlashni o`rganish
2. Asosiy boshqaruv jixozlarini o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Haydovchini ish o‘rnidan foydalanish xususiyatlari maishiy qulaylik (komfortnostь) deb nomlanadi.
O‘rindiq-o‘rindiq taxtasi, yostiqcha, suyanchiq va amortizatsiyalovchi qurilmadan tashkil topgan bo‘ladi. o‘rindiq taxtasiga uni sozlovchi va tutib turuvchi har xil qurilmalar biriktirilgan bo‘ladi (masalan suyanchiqning qiyalik darajasiini sozlovchi qurilma).
Haydovchi o‘rindiqda qulay joylashib o‘tirganida uning tana a’zolari ma’lum burchaklarni egallashi va boshqarish a’zolarini ishlatayotganida ortiqcha kuchanish talab qilmaydigan bo‘lishi kerak
Haydovchi avtomobilni yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda boshqarishi kerak. Avtomobilning boshqarish jihozlari barcha xozirgi zamon avtomobillarida bir–biridan deyarlik farq qilmaydi. Lekin avtomobilning rusumiga qarab ularning joylashuvi va ishlash aoslari bir – biridan farq qilishi mumkin. SHuning uchun haydovchi o‘ziga notanish bo‘lgan avtomobilga o‘tirishidan oldin uning boshqaruv jihozlari va joylashuvi bilan har tomonlama tanishib chiqishi kerak.
Haydovchi avtomobilning boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi bilan tanishib chiqqach endi avtomobilga o‘tirishi mumkin. Buning uchun u avtomobil yoniga kelib chap qo‘li bilan eshikni ochadi. YOn tomon bilan turib o‘rindiqqa o‘tiradi va eshikni yopadi.
So‘ng o‘rindiqqa qulay o‘tirganligini baholaydi. Agar o‘tirish noqulay bo‘lsa, u o‘rindiqning holatini o‘zgartirib optimal holatni tanlaydi. Bunda u chap oyog‘i bilan ilashma tepkisini oxirigacha bosa oladigan, o‘ng oyog‘i esa tormoz tepkisini va gaz bosqichi orasida bemalol harakatlana oladigan bo‘lishi kerak. Xavfsizlik kamarini taqqan paytda haydovchining ko‘krak qafasi va kamarning tasmasi orasida bir kaft oraliqda tirqish qolishi kerak.
Avtomobilni joyidan qo‘zg‘atishdan oldin har bir haydovchi orqani ko‘rishi, ko‘zgularni o‘zi egallab turgan holatga mos ravishda sozlab olishi kerak. Kabina ichida joylashgan ko‘zgu tekis yoki qavariiqligi juda kichik bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Yon tomonga o‘rnatilgan ko‘zgular shunday sozlangan bo‘lishi kerakki, undan hadovchiga ko‘zgu o‘rnatilgan tarafdagi qanotlar (krilo) ning oz qismi va yondagi kenglik bemalol ko‘rinadigan bo‘lishi kerak
Har bir haydovchi o‘zi boshqaradigan avtomobilning boshqarish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak.
Uzatmalar qutisining dastagi bilan ishlash.
Uzatmalar qutisining dastagi har doim betaraf holatda bo‘ladi. Biron– bir uzatmani qo‘shish uchun o‘ng qo‘lning kafti dastakni qopqog‘ini qismasdan ushlaydi. Uzatmalar qo‘shilayotganida faqat qo‘l harakat qiladi. Haydovchining elkalari va tanasi qimirlamay turadi.
Burilish haqida ogohlantiruvchi ishora chiroqlarini qo‘llash.
Har bir haydovchi joyidan qo‘zg‘alishi, o‘ng yoki chapga burilishi, boshqa avtomobilni quvib o‘tishi yoki to‘xtashidan oldin burilish chiroqlarini yoqib boshqa harakat qatnashchilarini ogohlantirishi kerak. Burilish ishora–chiroqlarini dastakchasi hozirgi zamon avtomobillarida rul g‘ildiragining pastida chap tarafda joylashgan bo‘ladi. Dastakchani yuqoriga burganda, o‘ngga pastga buraganda esa chapga burilishi chiroqlari yonadi. Avtomobil burilib olganidan keyin dastakcha birlamchi holatiga avtomatik ravishda qaytadi.
Qo‘l tormozi bilan ishlash.
Qo‘l tormozini ishga tushirish uchun o‘ng qo‘l bilan tormoz dastagi ushaladi va yuqoriga tortiladi. Bosh barmoq bilan qo‘l tormozining tugmasi bosilib, dastakni bir oz qo‘tarib orqaga qaytarish bilan tormozlash to‘xtatiladi
Ilashma, tormoz va yoqilg‘i tepkilari bilan ishlash.
CHap oyoq bilan ilashma, o‘ng oyoq yordamida esa tormoz va yoqilg‘i tepkilari ishga tushiriladi
Avtomobilni boshqarishda odamning tovonini shartli ravishda uchta zonaga bo‘linadi: oyoqning barmoq qismi I–zona (bu zonadan yoqilg‘i tepkisini bosishda foydalaniladi), o‘rta qism II–zona, bu zonadan ilashma tormoz tepkilaridan foydalaishda ishlatiladi.
Ilashma tepkisidan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda tepki asta–sekin orqaga avtomobil yurishni boshlash onigacha qaytariladi va ikkinchi bosqichda tepki 2-3 sekund shu holatda ushlab turiladi. Uchinchi bosqichda tepki butunlay qo‘yib yuboriladi.
Tormoz tepkisini tajribasiz haydovchilar (hatto tajribaliklari ham) shiddat va kata kuch bilan bosadilar. Bunday hollarda tormoz lappaklarini barabanga (do‘mbiraga) qattiq jipslashishi oqibatida g‘ildiraklar qotib qolishi va har xil salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin (haydovchi va yo‘lovchilarni oldiga munkib ketishi, avtomobilni yonga sirpanib ketishi, tormoz yo‘lini kattalashishi va hokazo).
SHuning uchun haydovchi iloji boricha osoyishtaligini yo‘qotmay asta tepkini bosib tezlikni kamaytirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |