4
tashkil etish va nazorat qilish;
d) tasdiqlanishi Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi
va Bank kengashi vakolatiga
kiritilmagan Bank ichki normativ hujjatlarini tasdiqlash;
e) tasdiqlanishi Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi vakolatiga
kiritilgan Bank ichki normativ hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim etish;
j) Bank xizmatlariga oid tariflarni tasdiqlash;
z) Bosh bank tarkibiy tuzilmalari, Bankning filiallari va sho„ba korxonalari faoliyatini
muvofiqlashtirish;
i) taftish
va tekshirish materiallari, shuningdek Bosh bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlari,
Bankning filiallari va sho„ba korxonalari boshqaruvchilarining hisobotlarini muhokama qilish;
k) Bankning oylik,
choraklik, yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini muhokama
qilish;
l) Bankning moliyaviy holati,
eng muhim dasturlari ijrosi, Bank faoliyatiga muhim ta‟sir
ko„rsatadigan bitim va qarorlar to„g„risida Bank kengashiga muntazam ravishda axborot berish;
m) affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni Ichki audit departamenti bilan
birgalikda o„rganish va o„rganish natijalari haqida bayonnomani Bank kengashiga taqdim etish;
n) Bank xodimlari mehnatiga haq to„lash va rag„batlantirish tartibi va shartlarini belgilash;
o) Bank faoliyatiga oid, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi
va Bank kengashining
vakolat doirasiga kiritilmagan, boshqa masalalarni hal etish.
9. Bank boshqaruvi Bank kengashiga muntazam ravishda, biroq bir chorakda kamida bir
marta, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishiga bir yilda bir marta
Bank faoliyatining holati,
rivojlanishning yangi yo„nalishlari, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi
qarorlarining bajarilishi, shuningdek boshqa masalalar to„g„risida hisobot beradi.
Dostları ilə paylaş: