“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to„g„risida nizom


-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 306,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix22.05.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#119371
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv-nizom (1)

6-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining huquq va majburiyatlari 
22. Bank boshqaruvi a‟zolari Bank aksiyadorlari va Bank kengashining ishonchli vakillari 
bo„lib, o„zlarining huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda Bank va uning 
aksiyadorlarining manfaatlarini o„z manfaatlaridan yuqori qo„yishlari lozim. 
23. Bank boshqaruvi a‟zolarining huquqlari: 
a) Bank boshqaruvi majlisi kun tartibiga masalalar kiritish; 
b) Bank faoliyatining ma‟lum bir davrdagi faoliyati natijalari haqida, uni rivojlantirish 
rejalari to„g„risida Bosh bank tarkibiy tuzilmalari va Bank filiallaridan to„liq va ishonchli 
ma‟lumot olish; 
v) O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Bank ustavi, Bank ichki normativ hujjatlari 
va lavozim yo„riqnomalariga muvofiq boshqa huquqlar. 
24. Bank boshqaruvi a‟zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
a) Bank kengashi tomonidan belgilangan Bank siyosatiga amal qilish; 
b) Ichki audit departamenti tomonidan o„tkazilgan tekshirish yakunlari bo„yicha 
aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni har chorakda ko„rib chiqish, ularni bartaraf etish 
bo„yicha choralar ko„rish; 
v) tashqi audit tomonidan o„tkazilgan tekshirish yakunlari va O„zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan o„tkazilgan inspeksiyalar (tekshirishlar) hisobotlarini batafsil tahlil 
qilish. 
25. Bank boshqaruvi a‟zolarining aniq huquq va majburiyatlari mehnat shartnomasida aks 
ettiriladi. 
7-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining javobgarligi 



26. Bank boshqaruvi a‟zolari o„z huquqlarini amalga oshirishda va o„z majburiyatlarini 
bajarishda Bankning manfaatlarini ko„zlab ish tutishi hamda O„zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo„lishi lozim.
8-§. Yakuniy qoidalar 
27. Bank boshqaruvining qaror va materiallari, shuningdek uning a‟zolarining fikrlari 
qat‟iy sir tutiladi va Bank boshqaruvining ruxsatisiz rasman oshkor etilmaydi. 
28. Bank boshqaruvi majlisiga taklif etilgan shaxslar sir tutiladigan ma‟lumotlarni oshkor 
qilganliklari uchun O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida shaxsan javob beradi.
29. Mazkur Nizom Bosh bankning Bank operatsiyalari metodologiyasi boshqarmasida 
ro„yxatga olingan kunning ertasidan boshlab kuchga kiradi. 
30. Ushbu Nizom kuchga kiritilishi bilan Bank kengashining 2010 yil 15 iyuldagi 102-
sonli qarori bilan tasdiqlangan va 117-son bilan ro„yxatga olingan ““Trastbank” xususiy ochiq 
aksiyadorlik birja banki boshqaruvi to„g„risida nizom” o„z kuchini yo„qotadi. 
Boshqaruv raisi Sh.Xadjizadayev 

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin