6-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining huquq va majburiyatlari
22. Bank boshqaruvi a‟zolari Bank aksiyadorlari va Bank kengashining ishonchli vakillari
bo„lib, o„zlarining huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda Bank va uning
aksiyadorlarining manfaatlarini o„z manfaatlaridan yuqori qo„yishlari lozim.
23. Bank boshqaruvi a‟zolarining huquqlari:
a) Bank boshqaruvi majlisi kun tartibiga masalalar kiritish;
b) Bank faoliyatining ma‟lum bir davrdagi faoliyati natijalari haqida, uni rivojlantirish
rejalari to„g„risida Bosh bank tarkibiy tuzilmalari va Bank filiallaridan to„liq va ishonchli
ma‟lumot olish;
v) O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Bank ustavi, Bank ichki normativ hujjatlari
va lavozim yo„riqnomalariga muvofiq boshqa huquqlar.
24. Bank boshqaruvi a‟zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
a) Bank kengashi tomonidan belgilangan Bank siyosatiga amal qilish;
b) Ichki audit departamenti tomonidan o„tkazilgan tekshirish yakunlari bo„yicha
aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni har chorakda ko„rib chiqish, ularni bartaraf etish
bo„yicha choralar ko„rish;
v) tashqi audit tomonidan o„tkazilgan tekshirish yakunlari va O„zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan o„tkazilgan inspeksiyalar (tekshirishlar) hisobotlarini batafsil tahlil
qilish.
25. Bank boshqaruvi a‟zolarining aniq huquq va majburiyatlari mehnat shartnomasida aks
ettiriladi.
7-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining javobgarligi
8
26. Bank boshqaruvi a‟zolari o„z huquqlarini amalga oshirishda va o„z majburiyatlarini
bajarishda Bankning manfaatlarini ko„zlab ish tutishi hamda O„zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo„lishi lozim.
8-§. Yakuniy qoidalar
27. Bank boshqaruvining qaror va materiallari, shuningdek uning a‟zolarining fikrlari
qat‟iy sir tutiladi va Bank boshqaruvining ruxsatisiz rasman oshkor etilmaydi.
28. Bank boshqaruvi majlisiga taklif etilgan shaxslar sir tutiladigan ma‟lumotlarni oshkor
qilganliklari uchun O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida shaxsan javob beradi.
29. Mazkur Nizom Bosh bankning Bank operatsiyalari metodologiyasi boshqarmasida
ro„yxatga olingan kunning ertasidan boshlab kuchga kiradi.
30. Ushbu Nizom kuchga kiritilishi bilan Bank kengashining 2010 yil 15 iyuldagi 102-
sonli qarori bilan tasdiqlangan va 117-son bilan ro„yxatga olingan ““Trastbank” xususiy ochiq
aksiyadorlik birja banki boshqaruvi to„g„risida nizom” o„z kuchini yo„qotadi.
Boshqaruv raisi Sh.Xadjizadayev
Dostları ilə paylaş: |