“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to„g„risida nizom



Yüklə 306,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#119371
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv-nizom (1)

1-§. Umumiy qoidalar 
1. Bank boshqaruvi ijroiya organi bo„lib, Bankning kundalik faoliyatiga rahbarlikni amalga 
oshiradi va uning natijalari uchun javobgar hisoblanadi. 
Bank boshqaruvi Bank kengashi va Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishiga hisobot beradi. 
2. Bank boshqaruvi o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Bank ustavi, 
Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi qarorlari, mazkur Nizom va Bankning 
boshqa ichki normativ hujjatlariga amal qiladi. 
2-§. Bank boshqaruvi tarkibi, uni tuzish
va vakolatlarini tugatish 
3. Bank boshqaruvi Bank kengashi tomonidan tuziladi va bir yil muddatga saylanadi.
Bank boshqaruvi a‟zolari soni Bank ustaviga ko„ra belgilanadi.
Bank boshqaruvi tarkibiga Bank boshqaruvi raisi va uning o„rinbosarlari hamda Bank bosh 
buxgalteri kiritiladi. Shuningdek, Bank boshqaruvi tarkibiga Bosh bankning asosiy tarkibiy 
tuzilmalari rahbarlari kiritilishi mumkin. 
Bank boshqaruvi raisi va Bank boshqaruvi a‟zoligiga nomzodlar “Tijorat banklari va 
ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a‟zolari, mikrokredit tashkilotlari 
hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari” (Adliya 
vazirligida 2018 yil 30 martda 2989-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan belgilangan malaka 
talablariga muvofiq kelishi lozim. 
Bank boshqaruvi a‟zoligiga nomzodni Bank kengashi tomonidan ko„rib chiqish uchun 
Bank boshqaruvi raisi taqdim etadi.
Bank boshqaruvi raisi lavozimga Bank kengashi qarori bilan, keyinchalik Bank 
aksiyadorlari umumiy yig„ilishida tasdiqlash orqali, tayinlanadi. Bank boshqaruvi raisini
tayinlash to„g„risida qaror xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo„lgan tanlov asosida 
qabul qilinishi mumkin.
(Bank kengashining 2018 yil 29 avgustdagi 186-son qarori bilan 
tasdiqlangan va 2018 yil 11 sentabrda 504-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha va 
o‘zgartirishlar tahriridagi xatboshi)
Bank boshqaruvi a‟zoligiga saylash yig„ilishda qatnashayotgan Bank kengashi a‟zolari 
tomonidan berilgan oddiy ko„pchilik ovoz bilan
qabul qilingan qaror asosida amalga oshiriladi.
 
(Bank kengashining 2018 yil 29 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan va 2018 yil 11 



sentabrda 504-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tahriridagi xatboshi) 
(Bank kengashining 2018 yil 4 maydagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan va 2018 yil 4 
mayda 489-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tahriridagi band)
4. Bank boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi, uni uzaytirish yoki to„xtatish 
mumkinligi to„g„risida har yili qaror qabul qilingan holda, bir yil muddatga tuziladi. Mazkur 
shartnomani Bank nomidan Bank kengashi raisi imzolaydi. 
Bank boshqaruvining boshqa a‟zolari mehnat shartnomasini Bank boshqaruvi raisi tuzadi. 
Bank Mehnatga haq to„lashning yagona tarif setkasini Bank boshqaruvi a‟zolarining 
mehnatiga haq to„lashni tashkil etish uchun asos sifatida qabul qiladi. Bank boshqaruvi 
a‟zolariga lavozim okladi, lavozim okladiga ustama haq, mukofot, mehnat natijalari bilan bog„liq 
bo„lmagan bir yo„la beriladigan mukofot va kompensatsiyalar belgilash Bank ichki normativ 
hujjatlari, Jamoa shartnomasi va Tarmoq kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
(Bank 
kengashining 2018 yil 4 maydagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan va 2018 yil 4 mayda 489-son 
bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga muvofiq kiritilgan xatboshi)
5. Bank boshqaruvi a‟zolari mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar, ular bilan tuzilgan 
mehnat shartnomasi shartlari, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi, Bank kengashi va Bank 
boshqaruvi qarorlari va Bank boshqaruvi raisining ko„rsatmalari doirasida faoliyat yuritadi. 
6. Bank kengashi Bank boshqaruvi raisi va Bank boshqaruvining har bir a‟zosi 
vakolatlarini istalgan paytda tugatishga haqli. 
Bank boshqaruvi a‟zolari tomonidan Bank ustavi talablari qo„pol tarzda buzilishi yoki 
ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli Bankka zarar yetkazilishi ular vakolatini tugatishga 
asos bo„ladi. 
7. Bank boshqaruvi a‟zosining Bankda egallagan lavozimdan bo„shatilishi, uning Bank 
boshqaruvida a‟zoligining tugatilishiga olib keladi.

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin