“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to„g„risida nizom


-§. Bank boshqaruvi raisining vakolatlari



Yüklə 306,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.05.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#119371
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv-nizom (1)

4-§. Bank boshqaruvi raisining vakolatlari 
10. Bank boshqaruvi raisi Bank boshqaruvini boshqaradi. 
11. Bank boshqaruvi raisining vakolatlari: 
a) Bankning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; 
b) Bank boshqaruvi majlisini chaqirish va olib borish; 
v) Bank boshqaruvi majlisining kun tartibini belgilash va tasdiqlash; 
g) Bank boshqaruvi a‟zoligiga nomzodlarni Bank kengashida tasdiqlash uchun taqdim 
etish;
d) Bank boshqaruvi a‟zolarining vakolatini muddatidan oldin tugatish to„g„risida Bank 
kengashiga takliflar kiritish; 
e) Bank kengashi yig„ilishi o„tkazilishigacha va Bank kengashida Bank boshqaruvi a‟zolari 
vakolatini muddatidan oldin to„xtatish to„g„risida qaror qabul qilingungacha Bank 



boshqaruvining ushbu a‟zolari vakolatini to„xtatish; 
j) Bank tomonidan da‟vo qo„zg„atilishi, qaytarib olinishi, tan olinishi, tartibga solinishi 
to„g„risida qarorlar qabul qilish; 
z) Bank nomidan shartnomalar, ishonchnomalar, majburiyatlarni imzolash; 
i) Bankning barcha xodimlari uchun ijro etilishi majburiy bo„lgan buyruq va farmoyishlar 
chiqarish, ko„rsatmalar berish; 
k) Bank nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda 
etish, bitimlar tuzish va O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko„zda tutilgan barcha 
yuridik harakatlarni amalga oshirish (Bank ustaviga muvofiq Bankning boshqa boshqarish 
organlari vakolatiga kiritilgan bitimlarni tuzish bundan mustasno); 
l) Bank xodimlari ish haqisi miqdorini belgilash; 
m) Bosh bank va Bank filiallarining shtat jadvallarini tasdiqlash, Bosh bank xodimlari va 
Bank filiallarining nomenklatura xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzish, ularni lavozimdan 
ozod qilish, ularga nisbatan taqdirlash va intizomiy jazo choralarini qo„llash, ularning lavozim 
okladiga ustama haq belgilash; 
n) Bosh bank tarkibiy tuzilmalari to„g„risida nizomlar, Bosh bank xodimlari va Bank 
filiallari nomenklatura xodimlarining lavozim yo„riqnomalarini tasdiqlash; 
o) Bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlarni imzolash; 
p) O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Bank ustavida belgilangan doirada 
Bankning mol-mulki va pul mablag„ini tasarruf etish; 
r) Bankning tijorat sirini tashkil etuvchi ma‟lumotlarni belgilash va Bankning joriy 
faoliyatida maxfiylikka amal qilinishini ta‟minlash; 
s) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashiga Bankning yillik hisobotini 
taqdim etish; 
t) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashiga foydani taqsimlash va 
zararlarni qoplash yuzasidan takliflarni taqdim etish; 
u) ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirishga oid Bank strategiyasi va siyosatining 
bajarilishini ta‟minlash; 
f) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi, Bank kengashi va Bank boshqaruvi qarorlarining 
ijrosi uchun javobgarlikni belgilash; 
x) Bank faoliyatida O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ichki normativ hujjatlar 
talablariga amal qilinishini ta‟minlash; 
ts) Bank boshqaruvi raisi o„rinbosarlari o„rtasida vazifalarni taqsimlash; 
ch) Bankning joriy faoliyatini boshqarish bilan bog„liq, O„zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari va Bank ustavida ko„zda tutilgan, boshqa masalalarni hal qilish va ba‟zi funksiyalarni 



bajarish. 
12. Bank boshqaruvi raisi ishda bo„lmagan vaqtda (xizmat safari, mehnat ta‟tili, betoblik 
va hokazo), shuningdek Bank boshqaruvi raisi o„z funksiyalarini bajara olmaydigan ba‟zi 
hollarda, uning funksiyasini Bank boshqaruvi raisining birinchi o„rinbosari yoki 
o„rinbosarlaridan biri bajaradi. 

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin