“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to„g„risida nizom


-§. Bank boshqaruvining vakolatlari



Yüklə 306,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#119371
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv-nizom (1)

3-§. Bank boshqaruvining vakolatlari 
8. Bank boshqaruvining vakolatiga, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank 
kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalardan tashqari, Bankning kundalik faoliyatiga 
rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, shu jumladan: 
a) Bank ustaviga muvofiq Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashida 
ko„riladigan masalalarni tayyorlash, bu masalalar bo„yicha tegishli hujjatlar va qarorlarning 
loyihalarini tayyorlash; 
b) Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi qarorlarining bajarilishini 
tashkil etish; 
v) Bankning biznes-rejasida tasdiqlangan miqdorda foyda olinishini ta‟minlash; 
g) Bankni rivojlantirish biznes-rejasi ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, uning bajarilishini 



tashkil etish va nazorat qilish; 
d) tasdiqlanishi Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi vakolatiga 
kiritilmagan Bank ichki normativ hujjatlarini tasdiqlash; 
e) tasdiqlanishi Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi vakolatiga 
kiritilgan Bank ichki normativ hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim etish; 
j) Bank xizmatlariga oid tariflarni tasdiqlash; 
z) Bosh bank tarkibiy tuzilmalari, Bankning filiallari va sho„ba korxonalari faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
i) taftish va tekshirish materiallari, shuningdek Bosh bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, 
Bankning filiallari va sho„ba korxonalari boshqaruvchilarining hisobotlarini muhokama qilish; 
k) Bankning oylik, choraklik, yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini muhokama 
qilish; 
l) Bankning moliyaviy holati, eng muhim dasturlari ijrosi, Bank faoliyatiga muhim ta‟sir 
ko„rsatadigan bitim va qarorlar to„g„risida Bank kengashiga muntazam ravishda axborot berish; 
m) affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni Ichki audit departamenti bilan 
birgalikda o„rganish va o„rganish natijalari haqida bayonnomani Bank kengashiga taqdim etish; 
n) Bank xodimlari mehnatiga haq to„lash va rag„batlantirish tartibi va shartlarini belgilash; 
o) Bank faoliyatiga oid, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashining 
vakolat doirasiga kiritilmagan, boshqa masalalarni hal etish. 
9. Bank boshqaruvi Bank kengashiga muntazam ravishda, biroq bir chorakda kamida bir 
marta, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishiga bir yilda bir marta Bank faoliyatining holati, 
rivojlanishning yangi yo„nalishlari, Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi va Bank kengashi 
qarorlarining bajarilishi, shuningdek boshqa masalalar to„g„risida hisobot beradi.

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin