Bank operatsiyalari metodologiyasi
boshqarmasi tomonidan
2014 yil 16 oktabrda 306-son bilan
RO„YXATGA OLINDI
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik
birja banki kengashining
2014 yil 14 oktabrdagi 218-sonli qaroriga
ILOVA
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki
boshqaruvi to„g„risida
NIZOM
(Bank kengashining 2015 yil 30 iyuldagi 96-sonli qarori bilan
tasdiqlangan va 2015 yil 31 iyulda 332-son bilan ro‘yxatga olingan
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tahriridagi nizom nomi)
Mazkur Qoidalarga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:
Bank kengashining 2015 yil 30 iyuldagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan va 2015 yil 31
iyulda 332-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat;
Bank kengashining 2016 yil 16 maydagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan va 2016 yil 20
mayda 306-2-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat;
Bank kengashining 2018 yil 4 maydagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan va 2018 yil 4
mayda 489-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat;
Bank kengashining 2018 yil 29 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan va 2018 yil
11 sentabrda 504-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat.
Muqaddima
1-§. Umumiy qoidalar
2-§. Bank boshqaruvi tarkibi, uni tuzish va vakolatlarini tugatish
3-§. Bank boshqaruvining vakolatlari
4-§. Bank boshqaruvi raisining vakolatlari
5-§. Bank boshqaruvi majlisini o„tkazish
6-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining huquq va majburiyatlari
7-§. Bank boshqaruvi a‟zolarining javobgarligi
8-§. Yakuniy qoidalar.
Mazkur Nizom O„zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risida” va
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to„g„risida” qonunlari,
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 2 oktabrdagi PF-2084-son “Aksiyadorlik
tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida” farmoni,
Tijorat
banklarida korporativ boshqaruv to„g„risida nizom (
Adliya vazirligida 2000 yil 5 iyulda 943-son
bilan ro‘yxatga olingan), Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari,
bosh buxgalterlari,
boshqaruv a‟zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari
rahbarlariga
nisbatan malaka talablari (Adliya vazirligida 2018 yil 30 martda 2989-son bilan
ro‘yxatga olingan), Banklarni ro„yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to„g„risida
nizom (
Adliya vazirligida 2009 yil 8 oktabrda 2014-son bilan ro‘yxatga olingan), “Trastbank”
xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o„rinlarda – Bank) ustavi asosida ishlab chiqildi va u Bank
2
boshqaruvining maqomi, tarkibi, vakolatlari,
ishlash tartibi, Bankning boshqa boshqarish
organlari bilan o„zaro
munosabatini, shuningdek a‟zolarining huquqi, majburiyati va
javobgarligini belgilaydi.
(Bank kengashining 2018 yil 4 maydagi 86-son qarori bilan
tasdiqlangan va 2018 yil 4 mayda 489-son bilan ro‘yxatga olingan ыщshimcha va
o‘zgartirishlar tahriridagi muqaddima)