Suyuq moylovchi material ishlatilganda ishqalanish turini boshqasiga o’tishi shartlarini ko’rib chiqamiz. Agar yog’ miqdori chegaralangan bo’lsa, lyokin u adsorbli monoqatlam va chegaraviy parda xosil qilish uchun yetarli bo’lsa, bunday ishqalanishda yuzalarning notyokisligi chiqqilaridagi dastlabki qatlam tezda yemiriladi va chegaraviy moylashdagi ishqalanish qisman moysiz materiallar ishqalanishiga aylanadi. Biroq, qutbli-aktiv molekulalarning harakatchanligidan adsorblangan monoqatlam tezda tiklanadi. Lyokin chegaraviy fazani notyokislik chuqurchalaridagi yog’ning harakatlanishi hisobiga tiklanishiga bir qancha vaqt ketadi. Chegaraviy pardani tiklangandan so’ng ishqalanish yaxshilanadi. Ma'lum vaqtdan so’ng, hamma moylovchi materiallar ishlab bo’linadi. Agar chegaraviy parda xosil qilishdan ortib qolgan yog’lar bo’lsa, ular notyokislik chuqurchalarini to’ldiradi va vaqti kelganda yemirilgan chegara pardalarini tiklashga xizmat qiladi.
Bu holdagi chegaraviy moylashda ishqalanish turg’undir. Yuza notyokisligi do’ngliklarida gidrodinamik effektni xosil qilish uchun zarur bo’lgan yoki makrogeometrik notyokislikda chegaraviy moylashdagi birikkan jismlar ishqalanishida, yog’ berishni ortirilishi bilan yarim suyuq moylanishdagi ishqalanishga o’tadi.

O’zgartiriladi. Sirpanishning kichik tezligida gidrodinamik effekt kuzatilmaydi, ishqalanish faqat yarim suyuqlikdagiday bo’ladi. Sirpanish tezligi ortib borgan sari gidrodinamik kuchlar ham ortib boradi va yuzalarning o’zaro ta'siri kamayadi. Shunday vaqt bo’ladiki, yuzalar butunlay ajraladi, ishqalanish suyuq moylashdagi kabi bo’ladi. Sirpanish tezligini bundan ham ortirilsa, moylovchi material qatlamlari qarshiligi va ishqalanish koeffisienti ortadi.