Kishi hayotini turli-tuman stress faktorlari ta‟sirisiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Stress foydalimi yoki zararlimi? Bu savolga “ha” yoki “yo‟q” deb javob berish mumkin emas, chunki ta‟sir qiladigan stress faktorlari organizmning juda toliqtirmaslik ya‟ni undagi asosiy fiziologik jarayonlarni, funktsional holatlarini normadan chetga chiqarib yubormasa bunday stress zararsiz, balki organizmning chiniqishi, moslashishi uchun foydali bo‟lishi mumkin. Masalan, sportchi trenirovka va musobaqa paytida doimo shunday stressga duch kelib turadiki, natijada uning organizmi chiniqib, tobora kuchga to‟lib, chaqqonligi va chidamliligi oshib boradi. Agar bu holatlar kuzatilmasa bajariladigan mashqlar stress faktor sifatida yetarli bo‟lmaydi yoki me‟yordan oshiq bo‟ladi. Issiq yoki sovuq sharoitga organizmning chidamliligini oshirish uchun ham bu stress faktorlar yetarli darajada organizmga ta‟sir etib turishi mumkin. Ilmiy tadqiqotchi yoki konstruktor ham surunkasiga ishlamasa, o‟z nerv sistemalarni ayasa, biron foydali ish qilishi qiyin. Bu vaqtlarda stress faktor yetarli kuchga ega bo‟lmaydi, natijada organizm o‟z imkoniyatlarini ishga solgisi kelmaydi. Shuning uchun ham stress faktorlar ma‟lum kuchga ega bo‟lishi kerak shundagina har sohada belgilangan muvaffaqiyatlarni qo‟lga kiritilishi mumkin. Demak, bunday ma‟lum normadagi stress reaktsiyasi organizmni qarshiligini oshirib uni himoya mexanizmlarini hosil qiladi, chiniqtiradi. Stressni ahamiyati ham aynan shundadir