Maxsus ma‟lumotlarga ko‟ra miokard – infaktlarni keltirib chiqaruvchi stress holatlarni 18 % navbat qatorida bo‟lar ekan.
Gipertoniya ( xafaqon ) kasalligi yurak – tomir xastaliklariga kiritilib,qon bosimi yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Stressor ta‟siri natijasida simpatiko – adrenalin va gipofiz – buyrak usti bezi qobig‟ini faollanishi vujudga keladi. Bu faollanish qon bosimini ko‟taradi, agar faollanish surunkali bo‟lsa, tomir sistemasida qaytmas o‟zgarishlar sodir bo‟ladi, natijada xafaqon kasalligi kelib chiqadi
Migren va Reyno kasalliklari qon tomirlari spazmini buzulishi bilan bog‟liq. Bu buzulishlar stressni ta‟siri natijasida kuchaygan yoki kelib chiqqan bo‟ladi. Migrenda bosh miya suyagi ichidagi qon tomirlarini spazimi og‟riq pristupini keltiradi. Tomirlarni spazmi tugagandan so‟ng qon tomirlar o‟zini me‟yor o‟lchamlariga qaraganda ko‟proq kengayadi. Shu vaqtda kuchli og‟riq seziladi. Reyno kasalligi vaqtida sovuq yoki emotsional distress oyoq, qo‟l panja, tovon tomirlarini torayishini taminlaydi. Migren va Reyno kasalligi vaqtida simpatik tonus yuqori darajada bo‟ladi.