Selye stressni mexanizmlarini o‟rganganda gormonlarni stressli reaktsiyalardagi o‟rni va endokrin bo‟lmagan kasalliklarda ishtirok etishini aniqlagan[14;15]. 1926 – yil Selye meditsina fakultetini II - kursida o‟qib yurgan kezlarida organizmni har qanday jiddiy ta‟sirga steriotik o‟xshash javob qaytarish muammosi bilan to‟qnashgan. Uni qiziqtirgan narsa shu ediki, nega har – xil kasalliklar bilan og‟rigan bemorlarda o‟xshash belgilar va simtomlar uchraydi. Yani ko‟p qon yoqotganda, infeksion kasalliklarda, o‟tib ketgan rak kasalligida – holsizlanish, ishtaha yoqolishi, harakat sustligi, apatiya, vazn yoqolishi, ko‟rinishi kasalmandlarnikidek kabi umumiy belgilarni kuzatgan. Selye bir narsani tushunmasdi, hamma shifokorlar e‟tiborni kasaklikdagi alohida belgilarni va samarali terapiyani izlashgan, ammo kasallikdagi umumiy o‟xshash belgilarga e‟tibor berishmagan. Buni Selye “kasallik sindromi ” deb nomlagan. Keyinchalik bu konseptsiya o‟n yillar mobaynida unitildi va 1936 – yilda Selye yana kasallik sindromi haqida o‟ylashga majbur bo‟ldi. Bu safar Selyeda tajriba o‟tkazish uchun labaratoriya sharoiti bor edi va u tajribani kalamushlarda olib bordi