a) Ovqatlanish adekvatligini gigiyenik baholash tartibi:
- Organizmning yoshi, jinsi va ish faoliyati xarakteriga ko‘ra jadval bo'yicha oziq-ovqat moddalari va energiyaga bo‘lgan fiziologik ehtiyqjini aniqlash;
- 1 hafta mobaynida amalda iste’mol qilingan ovqat mahsulotlari haqida ma’lumot olish;
- ovqatlanishni muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Savollar:
1. Quyidagi ko‘rsati!gan shaxslar uchun oziqli moddalarga va energiyagaboigan fiziologik ehtiyojlarni aniqlang: 14 yoshli o‘g‘il boia, tibbiyot institutining talabasi, 42 yoshli to‘qimachilik kombinatining ishchisi, 35 yoshli polimetall ishlab chiqarish konining shaxtyori.
2. Traktor zavodining ishchi va xizmatchilarini davolash va sog‘lomlashtirish sanatoriyasida ovqatlanish ratsionining o‘rtacha kunlik energiya qiymati va oziqli moddalarning tutishini hisoblaganda (ishchilarning o‘rtacha yoshi - 35-45) har bir odamning jinsini hisobga olmaganda, har bir odam uchun kuniga quyidagicha miqdorlar aniqlangan; oqsillar —45g, yogiar -124g, uglevodlar-590g, C vitamini – 6 mg. Ovqatlanishning kaloriyaliligini o‘rta ch a - 3500-3800kkal ni tashkil etadi. Sanatoriyadagi ovqatlanishning oqilona tashkil etilganligini baholang.
3. Kasalxonada terapevtik bemorlarning kunlik ovqat ratsionidagi oziqli moddalarni o‘rtacha miqdori: oqsillar - 90g, yogiar -105g, uglevodlar -390g, “C” vitamini -lOOmg ga teng, kasalxonada uch martalik ovqatlanish tashkil etilgan boiib, kaloriyaliligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan; nonushta - 35%, tushlik - 48%, kechki ovqat -17%. Bemorlarni oqilona ovqatlanishini oqilona tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyangizni bering.