Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Eldorbek Abduvaitov
,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi 
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING ONA TILI DARSLARIDA 
LINGVISTIK TAHLIL TURLARINI O‘QITISH
Annotasiya: 
Ushbu maqolada lingvistik tahlil haqida umumiy ma’lumot, lingvistik tahlil turlari, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining ona tili darslarida lingvistik tahlil turlarini o‘qitishning ahamiyati, o‘quvchilarda lingvistik tahlil bo‘yicha 
shakllanadigan bilim, ko‘nikma va malakalar haqida fikr-mulohaza va tushunchalar bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
lingvistika, tahlil, to‘liq va to‘liqsiz tahlil, o‘gzaki va yozma tahlil, ilmiylik prinsipi, sintaktik vazifa, bilim, ko‘nikma, 
malaka.
Аннотация:
в данной статье представлены общие сведения о лингвистическом анализе, видах лингвистического 
анализа, значении преподавания видов лингвистического анализа в классах родного языка общеобразовательных 
школ, о знаниях, умениях и компетенциях, формируемых у учащихся в ходе лингвистического анализа, обратной связи 
и инсайтах.
Ключевые слова:
языкознание, анализ, полный и неполный анализ, устный и письменный анализ, научный 
принцип, синтаксическая задача, знание, умение, компетенция.
Annotation:
in this article, general information about linguistic analysis, types of linguistic analysis, the importance of 
teaching types of linguistic analysis in the mother tongue classes of general secondary schools, about the knowledge, skills 
and competences formed by students in linguistic analysis feedback and insights are provided.
Keywords:
: linguistics, analysis, complete and incomplete analysis, oral and written analysis, scientific principle, syntactic 
task, knowledge, skills, competence.
Ona tili mashg‘ulotlarida tahlil usuli juda samarali usul sanaladi. O‘qituvchi darslikdagi mashqlarni tahlil 
qilish bilan, o‘quvchiga juda yaxshi tushuntirib berishi mumkin. Bir necha tahlil turlarini kuzatishimiz mumkin. 
Masalan, fonetik tahlil, leksik tahlil, morfologik tahlil, sintaktik tahlil kabilardir. Lingvistik tahlil – olingan nazariy 
bilimlar asosida til haqidagi har bir fanning talabiga ko‘ra aniq bir til yoki nutq birligini (so‘z yoki gapni) parchalab 
o‘rganishdir. Lingvistik tahlil, o‘quvchida bilimni amalda ishlata bilish malakasini hosil qiladi. Lingvistik tahlil orqali, 
o‘quvchilar berilgan nazariy bilimning – lingvistik qoidalarning mohiyatiga ongli, amaliy tushunib yetadilar. O‘quvchi 
lingvistik tahlil jarayonida, tilning aniq bir hodisasiga bog‘liq holda, nazariy darslarda olingan bilim, qoidalar ustida 
mustaqil mushohada qiladi, o‘z ongida ularni qayta ishlab chiqadi. Bu esa mazkur hodisalar mazmunini ochuvchi 
fikrlarning o‘quvchi xotirasida nisbatan uzoq saqlanib qolishini ta’minlaydi. Faqat tahlil orqaligina ayrim murakkab 
til hodisalarining mohiyatini yaxshiroq anglash mumkin.
O‘quvchi bilan olib boriladigan lingvistik tahlilni amaliy jihatdan ikki turga ajratish mumkin:
1. Og‘zaki lingvistik tahlil.
2. Yozma lingvistik tahlil.
Tahlildagi bu ikki usulning ham o‘z afzalliklari bor.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin