Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dilmurod Quronov. Abdulhamid Cho’lpon. Jadid, Yoshlar uyi nashriyoti – T :.2022
2. Abdulhamid Sulaymon og’li Cho’lpon, “She’rlar, hikoyalar, she’riy va nasriy tarjimalar”. – T:.Zabarjad media, 2022-yil
3. Cho’lpon Abdulhamid. Asarlar. 4 jildlik.A.Cho’lpon; - Toshkent:Akademnashr, 2016. - 544b
4. B. Nazarov, A. Rasulov, Q. Qahramonov, Sh. Axmedov. O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. – T:.Cho’lpon nomidagi mat-
baa ijodiy uyi nashriyoti, 2012


96
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Elyor IMOMOV,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
TURLI TILLARDA (O‘ZBEK VA INGLIZ) KASB-HUNAR LEKSIKASIGA 
OID BO‘LGAN ATAMALARNING LINGUOKULTUROLOGIK TADQIQI
Yigirmanchi asr tilshunoslik sohasida keskin burulishlar va yangi sohalar asri bo‘ldi, deyish mumkin. Chunki 
bu davrda tilshunoslikka ko‘plab yangi qarashlar, yangi fikrlar va tezislar, yangicha fan tarmoqlari kirib keldi. 
Texnologiya va globallashuv asrining sohalari ham o‘ziga xos bo‘lib, unda ishlatiladigan terminlar ham umumiylashib 
bormoqda. Bugungi kunda fan tarmoqlaridagi ko‘plab so‘zlarni tushunish qiyin emas, chunki ular har bir millatda 
mavjud bo‘lib, juda kam farq qiladi. Bugungi kungacha termin tushunchasi fanda turlicha talqin qilinmoqda. Ba’zi 
tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, 
ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha 
nomlarini, shuningdek, kustarchilik, kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar. Shuning uchun ham kasb-hunarga 
oid atamalarning tadqiqi bugungi kun tilshunoslik sohasining dolzarb masalalaridan biridir. 
Atamalarning har ikkala, o‘zbek va ingliz tillarida juda ko‘p ekanligini hisobga olgan holda, ularni mavzuviy 
guruhlarga bo‘lib o‘rganish samaraliroq bo‘ladi. Xususan, o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim 
Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bu kabi tahlil atamalarning 
umumiy boyligini ko‘rsatishga ko‘maklashadi, ularning sohalarga bo‘lib o‘rganilishini osonlashtiradi, bundan tashqari, 
foydalanilayotgan so‘zlarning turli sohalarda turli ma’nolarni ifodalashi ko‘rsatilib, uning mazmunan qanchalar boy 
ekanligi ham namoyon bo‘ladi. Atamalarni ikki katta guruhga ajratish mumkin bo‘lib, ular quyidagilardir:
1) umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar;
2) xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
Umumiy atamalar deb, bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalarga 
aytiladi. Masalan, sportdagi 
musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, 
hakam
atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid 
issiqlik, temperatura, jism, 
elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon
singari atamalar haqida ham shu fikr maqbul. Biroq, xususiy 
atamalar esa, faqatgina bitta mavzuiy guruh doirasida amal qiladi va ularni shu mavzudagina qo‘llay olamiz. 
Misol tariqasida, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani 
holda
gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar
hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid 
gidroksid, 
oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotas 
kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo‘llaniladi. Bu kabi atamalar faqatgina 
shu sohada qo‘llanila olinishi bilan xarakterlidir. Bunday holatni ham o‘zbek, ham ingliz tillarida, fanlarning barcha 
yo‘nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin. O‘zbek tilining barcha leksik manbalarida bo‘lgani kabi atamalarning 
ham o‘z boyish va rivojlanish yo‘llari bor va ular tillarning rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. 
Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birorta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri 
keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo 
shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa, yangi termin yasaladi”, deb yozadi 
S.Akobirov.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasb-hunar atamalarining lingvokognitiv tadqiqi keng tahlil qilinishi mumkin. 
Chunki, bugungi kundagi globallashuv hodisasi ko‘plab kasblarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Masalan, 
kompyuter texnologiyalari yoki IT sohasini oladigan bo‘lsak, unda ko‘plab so‘zlarning tarjima qilinmasdan 
ishlatilishini sezamiz:

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin