veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
97
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
bir kasbda bir ma’noni anglatsa, boshqa bir holatda farqli ma’noni anglatadi. Masalan, kompyuter sohasida
ishlatiladigan ayrim konseptlarning turlicha tushunilishini tahlil qilsak, quyidagilarni ko‘rib chiqish mumkin:
a)
sichqoncha
– bu termin aslida kemiruvchi hayvon konseptiga to‘g‘ri keladi, biroq bu so‘zni, uning shakli va
tashqi ko‘rinishining o‘xshashliklariga asoslanib, kompyuter qurilmasi konsepti tarzida ham ishlatiladi;
b)
ish stoli
(rabochiy stol)
– bu atama ishlash uchun stol, oshxona ish stoli, ofis ish stoli kabi asl konseptga ega
bo‘lsa, kompyuter texnologiyalari sohasida, u kompyuterning ekranidagi asosiy oynaga nisbatan ishlatiladi;
d)
korzinka
– ushbu konsept aslida oshxona buyumi bo‘lib, uning ma’nosi EHMda boshqa ma’noni, ya’ni
keraksiz hujjatlarni o‘chirganda tushadigan faylni bildiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir konseptning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ular o‘zi ajralgan turlarga qarab
turli ma’nolarda ishlatilishi mumkin. Yuqorida berilgan misollar fikrimizning yaqqol dalili bo‘lishi mumkin. O‘zbek
tilida turli fan sohalari va kasb-hunarga oid ko‘plab so‘zlar mavjud hamda ular yozma va og‘zaki ko‘rinishlarda
me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot,
iqtisodiyot singari turli fan sohalariga oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o‘zbek tilida shunday vositalar ham
borki, ularning qo‘llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab bo‘lmaydi. Ular bir uslub
doirasida yoki ma’lum sohada bir ma’nosi bilan me’yorlashgan bo‘lsa, ikkinchi bir ma’nosi bilan boshqa uslub yoki
sohada me’yorlashgan.
Dostları ilə paylaş: