Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
elektron jurnal 7-son 2023

Qobil Egamnazarov,
Filologiya fanlari falsafa doktori (PhD)
TILSHUNOSLIKDA MAVJUD LINGVISTIK TAHLIL METODLARI 
HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
Tilshunoslik fanining muhim muammolaridan biri tilni ilmiy o‘rganish masalasidir. Darhaqiqat, til o‘z tabiati-
ga ko‘ra nihoyatda murakkab hodisa bo‘lib, uni o‘rganishda turli metodlar qo‘llaniladi. Fanning taraqqiyoti, unda 
yangidan-yangi tarmoqlarning vujudga kelishi va kengayishi tilni o‘rganadigan metodlar doirasining takomillashib 
borishini taqozo etadi. Shunday qilib, tilni ilmiy o‘rganadigan metodlar ham fanning predmeti tushunchasi kabi 
o‘zgarib, rivojlanib turadigan tarixiy kategoriyadir. Masalan, XIX asr tilshunosligida eng keng qo‘llangan metod 
qiyosiy-tarixiy metod bo‘lsa, XX asr tilshunosligida hamda hozirgi vaqtda struktural va tipalogik metodlardan keng 
foydalanilmoqda.
Distributiv tahlil metodi (Distributional Analysis). Deskriptiv tilshunoslikda keng qo‘llaniladigan metodlardan biri 
distributiv tahlil metodidir. Bu metod turli til birliklarining (fonema, morfema, so‘zlar) distributsiyasi (ko‘llanish o‘rni, 
joylashishi) turlicha bo‘ladi, degan nazariyaga asoslanib, til tizimini tashkil etgan elementlarning o‘zaro birikish 
qonunlarini o‘rganadi. Bu tahlil metodi asosan ikki xil vazifani: a) til elementlarining o‘zaro joylashishi; b) ularning 
aloqadorligini o‘z ichiga oladi. Distributiv tahlil til tizimining fonologik, morfologik, sintaktik yaruslarida qo‘llanilishi 
mumkin. Distribution so‘zi inglizchadan olingan bo‘lib, «taqsimlanish, joylashish, tarqalish» ma’nolarini anglatadi. 
Ushbu tahlil metodi til birliklari o‘rtasidagi sintagmatik munosabatlarga asoslanadi. Bunga ko‘ra nutq zanjiri oldin 
mayda bo‘lakchalarga bo‘linadi, keyin esa yuqori va quyi sath birliklariga ajratiladi. So‘zdagi yoki sintagmadagi har 
qanday birlik ma’lum qurshov bilan xarakterlanadi. Tipik qurshovlar majmuasi shu birlikning distributsiyasini tashkil 
etadi. Umuman olganda, til birliklarning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar ularning nutq jarayonidagi sintagmatik 
joylashish usuli, ishlatilish tartibi, yig‘indisi, ya’ni bir holatda ishlatiladigan elementning ikkinchi holat bilan aloqador 
bo‘lishi distributsiya deyiladi.
Ushbu metodning uchta turi mavjud: 1. Qo‘shimcha distributsiya. 2. Kontrast distributsiya. 3. Erkin almashinish 
distributsiyasi.
1.Qo‘shimcha distributsiya (Complementary Distribution) Ikki lingvistik birlik (fonema, morfema va h.k.) bir xil 
muhitda uchramasa qo‘shimcha distributsiya hodisasi sodir bo‘ladi. Masalan, ingliz tilida o‘tgan zamonni yasay-
digan «-ed» morfemasini 3 xil o‘qilish variant bor; [-t, -d, -id]. Bu uchala allamorfning maxsus birikish qonuni va o‘rni 
bor. Ular bir-birining o‘rinlarida ishlatilmaydi, shuning uchun ham ularni qo‘shimcha distributsiyadagi elementlar 
deb ataymiz. O‘zbek tilidagi o‘tgan zamonni yasovchi «di» morfemasi ba’zi hollarda «-ti», ba’zan -di» deb talaffuz 
etilishi ushbu hodisaga misol bo‘la oladi.
2. Kontrast distrubutsiya. Lingvistik birlikning bir xil vaziyatda qo‘llanilib turli ma’noni ifodalashi kontrast dis-
tributsiya deyiladi. Kontrast distributsiyani aniqlashda ham avval fonologik va morfologik birliklar ajratilib, keyin 
ularning distributiv o‘rni belgilanadi. Masalan, shaxs oti yasovchi -er morfemasi sifatdosh formasini yasovchi -ing 
morfemasidan farq qilganligi uchun ular bir xil o‘zakka qo‘shilishidan qat’iy nazar kontrast distributsiya deb ataladi:
She is a dancer. She is dancing.
O‘zbek tilida esa 
u teatrga ketdi

u teatrda
jumlalaridagi 
ga va da
morflari kontrast distributsiyaga misol bo‘la 
oladi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkin-ki kontrast distributsiyada uchraydigan til elementlari bir-biriga muqo-
bil bo‘la olmaydi. Ammo til tizimida shunday elementlar ham mavjudki, ular bir-birini erkin almashtira oladi.
3. Erkin almashinish distrubutsiyasi. Til birliklari bir xil vaziyatda ishlatilsa ham ma’nosi o‘zgarmasligi erkin 
almashinish distributsiyasi deb ataladi. Bunday vaziyatda qo‘llaniladigan elementlarni erkin muqobillar deb atash 
ham mumkin Erkin almashinish distributsiyasi asosan so‘z va morfemalarning variantlari yoki sinonimiyasini o‘rga-
nadi. Masalan: John’s book - The book of John. Ushbu holat o‘zbek tilida quyidagicha namoyon bo‘ladi: zichlam-
oq- zichlanmoq. 
Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi (Immediate Constituents.) Bu metod tilning sintaktik yarusini tahlil 
qilishda qo‘llaniladi. Uzluksiz yoki bevosita bog’langan ikkita sintaktik, leksik yoki morfologik birlik bevosita ishtirok-
chilar deb ataladi. 
4. Tiklash transformatsiyasi: Where do you live? -In Tashkent. -I live in Tashkent.
5. Transformatsiya nominalizatsiya: I have a book-My book
Komponent va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish metodi. Keyingi paytlarda gapning sintaktik qatlamini tad-
qiq qilishda qo‘llanilayotgan yana bir noan’anaviy tahlil usullaridan biri gapdagi va sintaksemalarga ajratib tahlil 
birliklarni component usulidir. Ushbu tahlil usuli ikki bosqichda amalga oshirilib ular bir- birini o‘zaro to‘lg‘azadi. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
105
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Komponentlarga ajratib tahlil qilishda gap qurilmasidagi elementlar orasidagi sintaktik aloqalarni aniqlab, ularni 
yunksion modellarga solish, o‘sha elementlarning differentsial sintaktik belgilarini ko‘rsatib komponent modellarda 
ifodalash hamda agar zarur bo‘lsa har bir elementning morfologik tuzilishini ma’lum modellar asosida ifodalash 
mumkin. Bizga ma’lumki, an’anaviy grammatikada moslashuv (Agrecment), boshqaruv (Government), bitishuv 
(Jointment) kabi sintaktik aloqalar mavjud. Lekin ushbu aloqalarni sintaksis uchun I read a book; I came home 
gaplarning universal deb bo‘lmaydi. Masalan: birinchisida boshqaruv bor, chunki 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin