100
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Sirojiddin Sayyid “Hayrat ul-abror” dostonini chanqoqlik bilan mutolaa qiladi. “Munojot”, “Na’t”, “Maqolot”larda
aytilgan fikrlar mag‘zi-mazmunini rosa aql-idrok elagidan o‘tkazib, ulardan olgan hayratlari, saboqlari, xulosalarini
she’riy misralarda ifodalaydi. “Nazm tog‘ida” she’rining tug‘ilishiga dostonning beshinchi na’tida kelgan ushbu bayt
sabab bo‘lgan:
Ranj tog‘in qozmoq aning peshasi,
Tog‘i aning nazmu tili teshasi.
5
She’rda baytdagi so‘zlarning ma’nolari sharhlanmaydi, balki Navoiyning mashaqqat chekib tog‘ni qazish ijod-
korning kasbi ekanligi, tog‘ u yaratgan nazmiy asarlari, tili esa o‘sha nazm tog‘ini qazgan teshasi ekanligiga o‘z
munosabatini bildiradi. Navoiy aytganidek nazm tog‘ini qazish nihoyatda qiyin va mas’uliyatli ekanligi, Navoiy za-
monidagi
kabi bu ishda ham taqlidchilar, to‘tilar davru davron surib yurganligini o‘ksinib aytadi.
Yuksalib borgaydir bu tog‘ bosh uzra,
Dil bunda bolg‘ayu til tesha bo‘lgay.
Mayda ma’dantosh yo chaqmoqtosh uzra
Ming bir mashaqqatu andesha bo‘lgay,
6
deydi shoir. Navoiy baytida aytilgan fikr shu tarzda shoirning aql elagidan o‘tadi, ulug‘ so‘z san’atkori aytgan o‘git
bugun ham eskirmagani, yana ham hayotiylik kasb etib, so‘zga, badiiy ijodga e’tiqod, mas’uliyat oshishi zarurligi
uqtirilgan.
“Ulug‘lar va kichiklar” she’ri oltinchi maqolotdan keltirilgan “Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak, Ulki kichikroq
anga shafqat kerak” baytidan tug‘ilgan taassurot asosida yuzaga kelgan. “Ota va ona” she’rida oltinchi maqolotda
Navoiyning ota-ona haqida aytgan, aforizmga aylanib ketgan “Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano
boshig‘a” deb boshlangan ta’rif tabdil etiladi.
“Hayrat ul-abror” dostonining “Avvalg‘i hayrat”ida tong otishi, quyosh chiqishi juda go‘zal, ta’sirchan ifodalan-
gan. “Shom savodi asarin tiyra xok Subh supurgisi bila qildi pok” baytida tongning supurgisi (ufqning asta-sekin
yorishib kelishi) qorong‘ilikni chekintirishi haqiqatan ham chiroyli aks ettirilgan. Sirojiddin Sayyid ham bunga mu-
nosib hayratini yaxshi ifodalay olgan. Beshinchi na’tda “Yo bu navo zimnida asrab mahal, Cheksa Navoiy so‘zidin
bir g‘azal” bayti keltirilgan. Bayt mazmuni sharhida shoir Navoiyga o‘zining buyuk ehtiromini izhor etadi. Uni bog‘ga
qiyoslaydi, o‘zini shu bog‘ning bog‘boni deb biladi, Navoiy mezbon bo‘lsa, uning etagini tutganlar mehmon ekan-
ligini ta’kidlaydi:
Qancha mehmon o‘tdi, lek mezbon o‘shal,
Barcha
mehmon ichra biz nodonimiz
7
,
deya yetuk ijodkorlarga xos kamtarlik xususiyatini namoyon etgan. Navoiy buyuk ummon ekanligi, “Xazoyin ul-ma-
oniy”dan tilimiz boshlanishi, “Xamsa” porlab turgan besh oftob (quyosh) ekanligidan faxrlanadi. Qo‘rg‘onimiz qa-
nchalik baland bo‘lsa ham, agar Navoiyni bilmasak, e’zozlamasak, shu qadar past bo‘lib qolishimiz aniq. Chunki:
To Navoiy bor – muhabbat dildadir,
So‘lmagay hargiz ko‘ngil bo‘stonimiz.
Shul
ismdan yurt aro yuz ming umid,
Shul ismdan nurlanur davronimiz.
8
Navoiyning ko‘pgina baytlari xalq maqollari, aforizmlarga aylanib ketgan. “Hayrat ul-abror”da ham bunday bay-
tlar juda ko‘p. Ularning har biri kishida cheksiz hayrat uyg‘otadi. Sirojiddin Sayyid ulardan eng xarakterlilari, ayni
bugungi kunimiz ruhiga mos keladigan, o‘sib kelayotgan avlod saboq olishi, hamisha yodida tutishi zarur bo‘lgan
hikmatlarga kishi diqqatini qaratadi. “Avvalg‘i munojot”da shunday bayt bor:
Bo‘lmadi bas noqisu komilda farq,
Topmag‘ay el olimu johilda farq.
Bayt aruzning ramali musaddasi solim vaznida. Sirojiddin Sayyid bu baytning sharhiga bag‘ishlangan g‘azalni
ramali musammani maxzufda yaratgan. Baytning mazmuni: nuqsoni bo‘lgan (tarbiyada, xulq-atvorda) kishi bilan
yetuk, kamolga yetgandan farqini anglamaslik savodsiz, johil odam bilan olim o‘rtasidagi farqni el ham topolmaydi.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
101
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Sakkiz baytlik g‘azalda Navoiy nimani nazarda tutganligi va undan qanday saboq chiqarish lozimligiga jonli misollar
keltiradi. Noqis bilan komilni farqlamaslik bedor bilan g‘ofilni, johil bilan fozilni, telba bilan oqilni farqlamaslikka olib
kelganligi talqin etiladi. Shoirning mulohazalari Navoiyning o‘lmas bayti tufayli yaralgani, bayt mazmuni ta’sirchan-
ligini yanada oshirgani mutolaa qiluvchiga ham ta’sir etadi, shoirning hayratlariga qo‘shilib hayratlantiradi.
Xolu zulfing yodidan
jon birla ko‘ngil bo‘ldi sel,
Qolmadi ko‘ngil aro
daryo bilan sohilda farq.
Turfa zorim,
bul ajab
holim ko‘rib ahli zamon,
Qolmadi derlar zamonda
telbayu
oqilda farq
9
.
“Xamsa” hayratlari” buyuk so‘z san’atkori Alisher Navoiy ijodini ilmiy tadqiq etishdan boshqa – adabiy-badiiy
usulda tashviq, targ‘ib etishning bir yo‘lidir. U Sirojiddin Sayyidning Navoiy asarlarini o‘qish va uqish, mutolaa qil-
ish jarayonida orttirgan tajribasi sifatida qimmatlidir. Omon Matjon bir vaqtlar Ogahiyning mashhur “Ustina” radifli
g‘azaliga muxammasi muloqot yaratgan edi. “Hayratlar”ni ham Sirojiddin Sayyidning Navoiy “Hayrat ul-abror”i
bilan o‘ziga xos muloqoti desak bo‘ladi. Bu muloqot orqali she’rxonda Navoiy asarlariga muhabbat oshadi, bu
asarlarni qunt bilan o‘qib, misralar qatidagi ma’nolarni teran anglab yetishga undaydi.
1. Матжон Омон, Эркин ҳаволарда, битиклар, драматик достон, шеърий қисса, шеърлар, Тошкент, Ғ.Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1997 й. Б.4.
2. Ҳаққулов Иброҳим, “Хамса” бадииятига доир, “Алишер Навоий “Хамса”си(тадқиқотлар)”, Тошкент, “ФАН”
нашриёти, 1986 й. Б.122.
3. Саййид Сирожиддин. Асарлар, IV жилд, Тошкент, “ШАРҚ” нашриёт-матбаа
акциядорлик компанияси Бош
таҳририяти, 2019 й. Б.14.
4. Матжон Омон, Минг бир ёғду. Маърифий достон, Эркин ҳаволарда, Битиклар, драматик достон, шеърий қисса,
шеърлар, Тошкент, Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1997 й. Б.19.
5. Саййид Сирожиддин, “Хамса” ҳайратлари, Биринчи ҳайрат(“Ҳайрат ул-аброр”), “SHASRQ” нашриёт-матбаа
акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, Тошкент, 2016 й. Б.18
6. Ўша асар, Б.19.
7. Саййид Сирожиддин, “Хамса” ҳайратлари, Биринчи ҳайрат(“Ҳайрат ул-аброр”), “SHARQ” нашриёт-матбаа
акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, Тошкент, 2016 й. Б.35
8. Ўша асар, Б.36.
9.Саййид Сирожиддин, “Хамса” ҳайратлари, Биринчи ҳайрат(“Ҳайрат ул-аброр”), “SHARQ” нашриёт-матбаа
акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, Тошкент, 2016 й. Б.69.