Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Акименко Н.А. Лингвокультурные характеристики англоязычного сказочного дискурса: дис. … канд. филол. наук 
/ Н.А. Акименко. – Волгоград, 2005.
2. Бушкова А.С. Анализ дискурсивных особенностей русских и английских сказок// 
vkr.pspu.ru›uploads/485/Bushkova_
vkr.PDF
3. Формановская Н.И. Речевой этикет и культура общения. – М.: Высш. шк., 2002.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
99
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Ra’no Fayzullayeva,
NavDPI tayanch doktoranti
“XAMSA” HAYRATLARI” – SO‘NMAS E’TIQOD IFODASI
Mumtoz adabiyot bitmas-tuganmas xazinadir. Alisher Navoiy ijodi esa bu xazinaning noyob dur-u gavharidir. 
Shuning uchun har bir davrda ijod ahli Alisher Navoiy ijodiga murojaat etishadi va undan o‘rgani
b, mumtoz adabiy-
ot an’analarini o‘z ijodlarida davom ettirishga harakat qilishadi. Bu harakatlar o‘ziga xos yangi tajribalar tug‘ilishiga 
sabab bo‘ldi. Jumladan, Alisher Navoiy yaratgan buyuk “Xamsa”ni bugungi avlod tushunib yetishi uchun unga 
murojaat qilish va undagi ma’ni durlarini sharhlash tajribasini Omon Matjon boshlab berdi. Uning “Ming bir yog‘du” 
deb nomlangan ma’rifiy dostoni “Xamsa” mohiyatini anglashda juda katta ma’rifiy ahamiyatga ega. “Ayrim bir kishi 
“Xamsa”ni to‘laligicha ilg‘ab-uyqab olishi qiyin. Bu ko‘pchilik mehnatini, uyg‘un idrokni talab qiladigan ish! Har bir 
avlod bu borada o‘z faolligini ko‘rsatishi kerak”
1
, deydi shoir dostonning muqaddimasida. Omon Matjonning Navoiy 
“Xamsa”sining har bir satridan yog‘du taralishini his etib hayratga tushadi. Hayrat – aql bovar qilmaslik, moʻjiza 
qoshida lol qolishdan tug‘ilgan holat. Adabiyotshunos Ibrohim Haqqul unga muxtasar ta’rif bergan: “Hayrat–kutil-
magan g‘aroyibotlar, favqulodda tilsimli hodisalardan aqlning ajablanishi. Hayrat – inson ruhining hududsiz koinot 
asrorlaridan taajjublanishi. Hayrat–ko‘ngil tilsimi.”
2
Navoiy ijodi marvaridlarga to‘la bir ummonki, har qanday g‘avvos ummon tubigacha yeta olmas, uning fikr ken-
gliklari bir osmonki, har qanday sayyor kezib chiqa olmas. Har bir adabiyotshunos, har bir ijodkor Navoiy asarlarini 
o‘qib, uqib olishga intiladi. 
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig‘a panja urmoq,
degan Navoiyning fikrlari aforizmga aylanib ketgan. Alisher Navoiy “panjasiga panja urmoq” esa yana ham mushkul 
bir ish. Uning bir baytini sharhlash, birgina baytda ifodalangan ma’no-mazmun mohiyatini anglata olish nihoyatda 
qiyin. Ana shunday zalvorli vazifani uddalashni Sirojiddin Sayyid zimmasiga olgani uning naqadar mahorat va ja-
sorat sohibi ekanligini ko‘rsatadi hamda bu tajribani davom ettirib, “Xamsa” hayratlari” turkumini yaratdi. Shoirning 
ulug‘ daho, so‘z san’atkorining muazzam badiiy obidasi qoshida hayratga tushishi bejiz emas. “Hayrat ul-abror” 
dostoni maqolotlarining ba’zi baytlariga yozilgan sharhlar chindan ham hayratni oshiradi. Baytlarni sharhlar ekan, 
shoir o‘z hayratini yashirmaydi: “Satrma-satr, baytma-bayt–ustma-ust hayrat, varaqma-varaq, dostonma-doston, 
kitobma-kitob – to‘la hayrat. ...Navoiy hayratlari tugamaydi. “Xamsa” hayratlari tuganmasdir.”
3
“Xamsa”dan saboq olish ikki shoirda ikki xil yondashuvda namoyon bo‘lgan. Omon Matjon alohida bir doston 
haqida fikr yuritmaydi, balki har bir dostonda Navoiyning buyuk donishmandligi, el-yurt g‘amida bo‘lgan buyuk 
fidoyiligi, odamlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarning me’yorlari, davlatni boshqarishda hukmdorning adol-
atparvarligi, raiyatparvarligi, yurtning obodligi, xalqning farovonligi yo‘lida har bir fuqaroning mas’uliyati haqida ayt-
gan dono fikrlarini qalb prizmasidan o‘tkazadi va bu dostonlarda qanday ifoda etilganligiga jonli misollar keltiradi. 
Jumladan, Navoiyni oshkoralik, erkin fikrlash tarafdori deb ataydi. Bu behuda emas. Navoiy “Xamsa”ning barcha
dostonlarida shohlarning oshkoralik va erkin fikrlashga keng yo‘l ochib berishini talab qiladi. Omon Matjon buni 
shunday tushuntiradi: 
...shohlarni o‘z fikrlariga el fikrini solishtirib ko‘rib,
So‘ng hukm chiqarishga chaqiradi!
Aksi bo‘lsa, elning tiliga, diliga,
Erkiga, qo‘liga kishan tushgani.
Odam bitta ota-onaning farzandi,
Lekin u umrida o‘nlab shohlarni ko‘rar?!
Ammo shoh ham, fuqaro ham el farzandi-ku?!
El farzandi bo‘lish–elning orzularini o‘ziga padar qilish! 
Bu xulosalar atigi ikki bayt–to‘rt misrada Navoiy qalamidan to‘kilgan so‘zlarda yog‘du taratib turibdi:

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin