48
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
va jamiyatimiz taraqqiyot darajasini ko‘rsatadigan mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi”. Jamiyatning hamma
sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim tizimiga ham kompyuter texnologiyalari shiddat bilan kirib keldi va o‘zining munosib
o‘rnini egalladi. Kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali noan’anaviy ta’lim
usullarini, pedagoglar orasida keng targ‘ib etish imkoniyatlarini oshiradi. Mazkur jihatlar inobatga olinsa, ta’lim-
tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish masalasi bugungi kun davlatimiz tomonidan
olib borilayotgan ta’lim siyosatining muhim ahamiyatga molik tomonlaridir.
Til ta’lim sohasidagi intensiv o‘qitish jarayonlari o‘quv materialini fan-texnikaning so‘ngi yutuqlari bilan
uyg‘unlashtirish, shu bilan birga, mazmunini boyitish, yangi tadqiqot usullarini ta’lim jarayoniga keng joriy etishni,
bilimlarni tahlil qilish va ularni bir tizimga solishni taqazo etadi.
Hozirgi kunda zamonaviy o‘quv jarayonini information texnologiyalarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Ta’lim
arayonida kompyuterlardan foydalanish darsning samarasini, sifatini oshirishda qo‘l kelmoqda. Yangi pedogogik
va axborot texnologiyalari bugungi kun til ta’limi jarayonini ham yuqori darajaga ko‘tarishi mkonini yaratadi.
Ayniqsa, bu holat xorijiy til o‘rganish borasida juda ham samarali ekani amalda o‘z isbotini topmoqda.
Kompyuter texnologiyalarini bevosita dars jarayoniga kirib kelishi
Dars jarayonini ijodiy ruhda o‘tishini ta’minlaydi;
Talabalar faolligini oshiradi;
Vaqt tejaladi;
Baholashda qulayliklar yaratadi (katta sonli guruhlarda juda samarali);
Masofali ta’lim tizimini yaratadi;
Mustaqil ta’lim joriy etilishi imkoniyatlarni kengaytiradi;
Masofadan turib elektron kutubxonadan foydalanishga imkon beradi.
Shu ma’noda elektron darsliklar, lug‘atlar, internet ma’lumotlaridan foydalanish tilni intensiv o‘qitishda katta
imkoniyatlarni yaratadi. Ta’lim berishning shunday uslublari va vositalari mustaqil ta’lim olishda, talabalarning bilim
tilni tez muddatda egallashlarida katta amaliy yordam beradi. Talabalarning vaqtini tejab ish samarasini oshirishda,
o‘z bilimlarini muntazam nazorat qilishlarida kompyuterning roli muhim. Chet tillarini o‘qitish va o‘rganish jarayonida
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning keng yo‘lga qo‘yilishi
ta’lim samaradorligini oshiribgina qolmay, til ta’limining mobilligini ham ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori
darajada axboratlashgan, texnik jihatdan to‘la ta’minlangan o‘quv jarayonini tashkillashtirishni, o‘quvchilarning
bilim darajasini nazorat qilishning maxsus usullarini joriyqilishni talab qiladi.
Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim jarayonida keng qo‘llanayotgan electron darsliklar axborotni jamlash va uzatish;
talabalarning bilimini nazorat qilish; innovatsion texnologiyalar asosida bilim berish; mustaqil bilim olish imkonini
kengaytirish; ta’lim jarayonini talaba qiziqishlariga moslashtirish; jarayonni nazorat qilib turish va takomillashtirib
borish va til o‘rganuvchining bilimlarini tahlil qilib borish imkoniyatiga ega.
Elektron darsliklarda an’anaviy darsliklardan afzalligi shundan iboratki, ma’lumot bazasi ancha katta bo‘lib,
dastur “sensor” xususiyatlariga ega bo‘lib, zamonaviy ta’limda interfaollikni oshirish, shuningdek, mustaqil ta’lim
jarayoni uchun muhim omildir.
Bugungi kunda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’limning qator usullaridan keng
va samarali foydalanilmoqda.
Zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishda, xususan, chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta’minlashda
jarayonni axborotlashtirishsiz tasavvur qilish mushkul. Zamon talabi darajasidagi axborot texnologiyalari,s
hubhasiz, ta’lim sifatin yuqori darajaga olib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagoglar oldiga axborotlashtirilgan
ta’lim jarayonini tashkil etish, bilimni nazorat qilish va baholashning yangi, tezkor hamda samarali uslublarini
yaratish vazifasini qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: