2023-yil 7-son Tadqiqot kutilmagan paytda haddan tashqari yog‘in-sochinlarning bo‘lishi, kislotali yomg‘irlar va hokazolar shular jumlasiga
kiradi.
Havo muhiti bilan bog‘liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib,
amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman katta xavf ostida qolishi mumkin. Shuning uchun ham
dunyo hamjamiyati yakdillik bilan, birlashgan holda, havo muhiti (atmosfera)ni muhofazasiga doir bir qator zarur
chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan birgalikda, har bir davlat o‘z hududida aniq ishlarni bajarishi zarurligi
ham belgilangan. Shu bilan bog‘liq holda, bizning fikrimizcha, havo muhitni ifloslantiradigan turli manbalarni qat’iy
nazorat ostiga olib, kerak bo‘lganda, hatto, ular faoliyatini taqiqlab qo‘yish maqsadga muvofiq. Xususan, sovutish
vositalarida freon (xlor-ftorli karbonvodorod birikma) larni qo‘llashni ta’qiqlangani ayni muddao, albatta.
Tabiatda iste’molga yaroqli suv manbalari va ulardagi suv miqdorlari chegaralangan. Bu haqda oldin ham gap
borgan edi. Mavjud bo‘lgan manbalari ham turli oqava va chiqit moddalar aralashishi tufayli ifloslanmoqda. Hozirgi
davrda dunyo miqyosida, ichimlik suv tanqisligi muammosi yuzaga kelgani ham ko‘pchilikka yaxshi ayon.
Tabiiy suv manbalarining hozirgi paytda ifloslanishi, asosan, iflos oqavalar hisobiga bo‘lmoqda. Ma’lumki, iflos
oqava suvlar, odatda, 2 xil yo‘l bilan sodir etiladi: birinchisi, tabiiy omillar sabab. Ularga yog‘in-sochinlar natijasida
paydo bo‘ladigan, masalan, katta miqdorda magistral yo‘llar va ishlab chiqarish korxonalar hududlarida paydo
bo‘ladigan iflos oqavalar, hamda bahor faslida sodir bo‘ladigan sel va suv toshqinlari natijasidagi iflos suvlar kiradi.
Ikkinchi yo‘li, bu sanoat korxonalari, xonadonlar va kommunal - maishiy xo‘jaliklar faoliyati bilan yuzaga keladigan
katta miqdordagi tashlandiq oqava suvlari.
Ta’kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko‘proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo‘ladi:
– rabiiy ma’danlarni qayta ishlaydigan tog‘ – kon sanoati, metallurgiya va ba’zi mashinasozlik korxonalari;
– energetika (AES, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxona va b.) shahobchalari;
– sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish korxonalari;
– kimyo, neft kimyosi va dori-darmon ishlab chiqarish (farmasevtika)
korxonalari;
– oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar;
– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik:
– kommunal xo‘jalik, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari va xonadonlarda hosil bo‘ladigan oqava suvlar va boshqalar.
Tozalanmaydigan va mavjud suv manbalarini bulg‘ayotgan iflos oqavalarga ekinzor yerlar va chorva mollari
fermalari hududlaridan oqib chiqadigan suvlarni ham kiritish mumkin. Ularning tarkibida mineral o‘g‘it (nitrat va
fosfat) lar, hamda gerbisid moddalar qoldiqlari bo‘lganligi sabab, bunday suvlardan foydalangan tirik organizmlarda
har xil kasalliklar kuzatilmoqda. Masalan, odamlar oshqozoni faoliyati buzilish holarini ko‘rsatish mumkin.
Tarkibida uran, plutoniy, stronsiy kabi radioaktiv element izotoplari, shuningdek, qo‘rg‘oshin, simob va boshqa
og‘ir metallarni tutadigan turli xil oqavalar tirik jonzotlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, hozirgi
paytda tabiiy suv manbalarining radioaktiv moddalar, og‘ir metallar va zararli bakteriyalar bilan ifloslanishi ko‘plab
kuzatilmoqda. Bunday oqava suvlarning, asosan, 3 xil yo‘l bilan bo‘lishi aniqlangan:
– birinchisi – AES reaktorlarida ishlatib bo‘lingan yadroviy yonilg‘i modda qoldiqlarining oqava suvlar tarkibi-
ga o‘tishi, shuningdek, radioaktiv chiqitlarning yirik suv havzalari tubiga hamda yer osti qatlamlari orasiga ko‘mili-
shi tufayli;
–
ikkinchi
yo‘li – radioaktiv
izotoplar
bo‘lgan
tabiiy
ma’danlarni
qazib
olish va
yuvish
jarayonlarida
sodir
bo‘ladi-
gan
oqavalarning
suv
havzalariga
kelib qo‘shilishi; Shunday
holatga
misol, O‘zbekiston
va
Qirg‘iziston
Respublikalari
chegaraviy hududlaridagi suv manbalarining (masalan, Norin daryosining) radioaktivlik darajasi nisbatan yuqoriligi;
– uchinchisi, bu kasalxona va sihatgohlardan chiqadigan, hamda chorva mollari fermalari oqavalari, ularning
pirovard natijada, suv havzalariga qo‘shilib qolayotgani.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin: havo va suv muhitlarining jiddiy sur’atda ifloslanib borishi
negizida, asosan, turli ishlab chiqarish sohalari uchun zarur bo‘lgan tabiiy manba (resurs)larni qayta ishlash
jarayonlarida sodir etilayotgan ham gaz-gazsimon, ham suyuq – oqava, hamda qattiq holatdagi chiqit moddalar
ta’siri yotadi. Sunday chiqitlar tufayli, nafaqat atmosfera va gidrosfera, balki litosfera va biosfera ham borgan sari
ifloslanib bormoqda.
Masalaning boshqa tomoni, ya’ni insoniyat faoliyati (antropogen omil) natijasida, nafaqat litosferaning tarkib –
tuzilmasi, Yerdagi barcha tabiiy manbalar holati, shuningdek, yer landshaft manzarasida ham keskin o‘zgarishlar
sodir bo‘lmoqda. Fikrimiz isboti uchun quyida misollar keltiramiz.
Ko‘pchilikka yaxshi ayonki, hozirgi davrda, turli – tuman sanoat korxonalari, energetika tarmog‘i va boshqa sohalarni
xomashyo bilan ta’minlash maqsadida litosfera qa’ridan tabiiy gaz, neft, ko‘mir va boshqa har xil ma’danli va ma’dansiz
minerallar qazib olinmoqda. Xuddi shuningdek, yer osti suvlaridan ham jadal sur’atlarda foydalanilmoqda. Natijada,
nafaqat tabiiy manbalar zahiralarining kamayishi, hatto, litosfera qatlamlari tarkibida har xil ko
;
rinish va hajmlarda
bo‘shliqlar paydo bo‘lishi bilan Yer qatlamlari siljishlari kuzatilmoqda ham.
Yuqoridagidek o‘zgarishlar tufayli, yer osti qatlamlariga xos tektonik kuch va jarayonlarning har xil ko‘rinishda
ta’siri ham namoyon bo‘lmoqda. Yer ko‘chmalari, har xil darajadagi silkinish (zilzila) lar va boshqa turdagi abiotik
74
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son Tadqiqot voqea - hodisalar borgan sari ko‘plab kuzatilayotganini ham ko‘rsatish mumkin. Boz ustiga, ayniqsa, biosfera uchun
o‘ta xavfli chiqit moddalar (yadroviy chiqitlar) ham litosfera tarkibiga joylashtirilmoqda. Bular hammasi hozirning
o‘zida yangi-yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Yuqorida bayon qilinganidek, atrof – muhitga chiqarib tashlanayotgan gaz. suyuq oqava va qattiq holatlardagi
chiqit moddalar hozirning o‘zida tabiatga katta ziyon yetkazmoqda. Turli ekologik muammolar hozir biosfera
(o‘simlik va hayvonot olami)ni ham qamrab olgan. Bunga eng yaxshi dalil o‘simlik zararkunandalarining ortib
borishi, kasallanishi va ular mahsuldorligining kamayishi, hayvonot olamida kuzatilayotgan turli – tuman kasalliklar,
hatto, ko‘plab biologik turlarning yo‘qolib iqirilib) borayotganidir.
O‘simlik va hayvon turlarining keyingi vaqtda yo‘qolib borayotgani, og‘ir kasalliklarga chalinayotgani, shu
jumladan, odamlarning ham kasallanishlarini ortishi haqida ashyoviy ma’lumotlarni ta’kidlash ham joizki, axborot
manba-laridan bilib olish mumkin. Shu bilan birgalikda, yil sayin o‘simlik va hayvonot dunyosida ko‘plab biologik
turlarning yo‘qolib borayotgani sababli, ularni muhofaza qilish bo‘yicha turli chora-tadbirlar ham ko‘rilmoqda. Turli
davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, ko‘plab «Qo‘riqxona» va «Davlat buyurtmalari» tashkil qilinib,
o‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilinishidan darak beradi.