Tu -76 Guruh talabalari Raximjanova Nihola Elmurod Yusupov Ikromaliyev Abduvohid Tursunboyev Sarvar Tolibboyev Zufarbek


Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o’zgarishlar bilan ijtimoiy o’zgarishlarni aslo taqqoslab bo’lmaydi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#166967
1   2   3   4   5
Ontologiya va borliq haqidagi nazariyalar tahlili2

Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o’zgarishlar bilan ijtimoiy o’zgarishlarni aslo taqqoslab bo’lmaydi.

  • Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o’zgarishlar bilan ijtimoiy o’zgarishlarni aslo taqqoslab bo’lmaydi.
  •  To’g’ri, bu o’zgarishlar uchun umumiy bo’lgan fazoviy siljishlar harakat shakllarining hammasida ham, u yoki bu ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Lekin hamma o’zgarishni ham, faqatgina fazoviy siljishdan iborat, deb bo’lmaydi. Masalan, Erning Quyosh atrofidagi, Oyning Er atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko’rinishi deyishimiz mumkin. Lekin Er bag’rida ro’y berayotgan murakkab geologik jarayonlarni, 
  • Er sirtidagi biosferaning yashash usulini birgina mexanik siljish bilan izohlab bo’lmaydi. Harakatning shakli qanchalik murakkab bo’lsa, u bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar ham shu qadar murakkab bo’ladi. Materiyaning tashkiliy struktura darajasi qanchalik yuqori darajada bo’lsa, unda fazoviy siljish ham shu qadar kam seziladi. O’zgarishlarning shunday bir shakli borki, uni falsafada rivojlanish deb ataladi. 
  • Rivojlanish bu — muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, ilgarilanma yo’nalishga ega bo’lgan, miqdoriy va sifatiy o’zgarishidir.

Ijtimoiy harakat bizga ma’lum bo’lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi bo’lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o’zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo’lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o’ta murakkabdir. Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. 
Fazo narsalarning ko’lamini, hajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi. Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko’lamga, hajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o’zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro’y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Rivojlanish tushunchasi, rivojlanishning umumiy qonunlari

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin